Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Daryo” jamoasi Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi asosiy mahsulotlar, ya’ni guruch, piyoz, kartoshka, sabzi va pomidor narxini solishtirishga qaror qildi.

Foto: “Daryo”/ Dilruh Isomiddinova

Mazkur mahsulotlar ko‘plab taomlarning asosidir, shuning uchun ularning narx kundalik hayotdagi taomlarning bahosini aniqlashda yordam beradi.

Eng qimmat piyoz Turkmaniston va Afg‘onistonda ekani ma’lum bo‘ldi – 1 kilogramm uchun 0,88 dollar.

Eng qimmat kartoshka Qozog‘istonda (0,48 dollar), eng arzoni esa Afg‘onistonda bo‘lib, uning narxi 1 kilogrammi uchun 0,34 dollarni tashkil qiladi.

Sabzi uchun eng yuqori narx O‘zbekistonda (0,79 dollar), ikkinchi o‘rinda esa Qirg‘izistonda (0,51 dollar) turadi.

Guruch uchun eng past narx Qozog‘istonda (1,10 dollar), eng yuqorisi O‘zbekistonda (2 dollar), Afg‘oniston va Tojikistonda esa bir xil (1,61 dollar).

Eng arzon pomidor Afg‘onistonda (0,7 dollar), qimmati esa Qozog‘istonda (3,7 dollar) ekani ma’lum bo‘ldi. 

Umuman olganda, ushbu mahsulotlar savatini hisobga oladigan bo‘lsak, mahsulotlarning minimal narxi Turkmanistonda (3,66 dollar), maksimal qiymati esa O‘zbekistonda (6,96 dollar) qayd etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »