Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskva sharqidagi Beloye ozero (Oq ko‘l) hududida noma’lum shaxs Qur’onni yoqib yubordi, politsiya gumondorni qidirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tarmoq monitoringi paytida huquq-tartibot idoralari xodimlari Qur’onni tahqirlash aks etgan videolavhani topgan.

“Politsiya xodimlari tomonidan barcha holatlarga aniqlik kiritish, gumonlanuvchi shaxsni aniqlash va qo‘lga olishga qaratilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Hodisa yuz bergani taxmin qilingan hududda masjid qurilishi rejalashtirilgandi. Keyinchalik shahar meri Sergey Sobyanin 2,5 ming kvadrat metr maydonga ega kichik masjidni ko‘l yonida emas, balki “Kosino” metro stansiyasi yaqinida qurilishini aytdi.

Checheniston rahbarining munosabati

Chechen mutaxassislari federal xavfsizlik xizmati (FXX) va Moskva meriyasi bilan birgalikda Qur’on yoqib yuborilgani haqidagi videoning muallifini aniqlamoqda. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov mazkur hodisani masjid qurilishi bilan bog‘liq mojaro hal qilinganidan keyingi provokatsiya deb atadi. U muqaddas kitobni yoqib yuborgan shaxsni jazolashga va’da berdi. 

Checheniston rahbari xavfsizlik kuchlari ushbu video muallifini qidirayotganini aytdi. “

“Allaqachon tekshiruvning birinchi natijalariga egamiz. FXX mutaxassislari va rahbariyati bilan aloqadaman, ular tarqatilgan videoning ma'lumot izini kuzatmoqda. Yaqin kunlarda provokatorning shaxsi aniqlanadi, u munosib jazoga tortiladi. Bu masala bilan shug'ullanyapman va provokatorni qidirish to'xtatilmasligiga va'da beraman”, — dedi Qodirov.

Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishi

21-yanvar kuni Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni yoqib yubordi. Shundan keyin Turkiyada Shvetsiyaga qarshi namoyishlar boshlandi. Mamlakatning Istanbuldagi Bosh konsulligida ommaviy aksiya bo‘lib o‘tdi, unda Shvetsiya bayrog‘i yoqib yuborildi. 

23-yanvar kuni sodir bo‘lgan voqealar fonida Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar Shvetsiya va Finlyandiya terrorizmga qarshi kurashda Anqaraga yordam berishni xohlamasligini bildirdi. Ayni paytda mamlakatlar NATOga kirishda Turkiyadan yordam kutmoqda.

23-yanvar Niderlandiyada “Vatanparvar yevropaliklar G‘arbning islomlashuviga qarshi” (PEGIDA) harakati yetakchisi Edvin Vagensveld Gaagadagi Niderlandiya Vakillar palatasi binosi oldida Qur’on kitobini omma oldida yirtib, yoqib yubordi. U Rasmus Paludanni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilganini ma’lum qildi.

27-yanvar kuni Rasmus Paludan Kopengagendagi masjid oldida ham muqaddas kitobni yoqib yubordi. Holat yuzasidan Daniya elchisi Turkiya TIVga chaqirtirildi.

30-yanvar kuni Daniyalik siyosatchi Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi oldida yana Qur’onni yoqib yubordi. Ramzan Qodirov bunga munosabat bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »