Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonda Qozog‘iston savdo uyi ochiladi, uning bosh ofisi mamlakat g‘arbidagi Hirot shahrida joylashadi. Bu haqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.

Foto: Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati

Savdo uyi ochilishi Kobulda bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston—Afg‘oniston biznes-forumida eʼlon qilindi. Forumda Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari, Savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin hamda oziq-ovqat sohasidagi 18 nafar qozog‘istonlik tadbirkor-eksportchilari ishtirok etdi.

Savdo uyi Qozog‘iston va Afg‘onistonda “B2B” (biznesga biznes) formatidagi tadbirlarni tashkil etishni ta’minlovchi ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi maydonga aylanishi kutilmoqda. 

16-aprel kuni Qozog‘iston delegatsiyasi Kobul aeroportida respublikaning insonparvarlik yordamini “Tolibon” savdo vaziri Nuruddin Aziziyga topshirgan.

Foto: Arian news

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi mamlakat Afg‘onistondagi savdo uyi orqali un, bug‘doy, temiryo‘l texnik jihozlari va yog‘ yetkazib berishini maʼlum qildi. Savdo uyi aynan qachon ochilishi haqida ma’lumot berilmagan.

O‘z navbatida, Qozog‘iston delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtirok etgan “Tolibon” hukumatidagi iqtisodiy masalalar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari mulla Abdulg‘ani Baradar tomonlar Ostonada Afg‘oniston diplomatik missiyasi faoliyatini qayta tiklashga kelishib olganini ma’lum qildi. Uning taʼkidlashicha, Qozog‘iston tomoni “Tolibon”ning elchixonada ishlash uchun yuborgan diplomatlarini qabul qilishga vaʼda bergan. Qozog‘iston bu ma’lumotga hali rasman izoh bermadi.

“Tolibon” bir yarim yildan beri Afg‘onistonda hukumat tepasida turganiga qaramay, ularni dunyoning hech bir davlati tan olmagan. Biroq bugunga qadar Afg‘onistonning Rossiya, Xitoy, Turkmaniston, Eron va Pokistondagi elchixonalari “Tolibonga” topshirilgan.

Bir necha kun avval Xitoyning “Gochin” kompaniyasi vakillari Kobulda “Tolibon” rasmiylari bilan uchrashuvda Afg‘onistondagi litiy zaxiralariga 10 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »