Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanida obodonlashtirish bo‘limining ikki nafar xodimi tadbirkor tomonidan do‘pposlangani haqida xabar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, 14-aprel kuni Asaka tumani, “Muqimiy” mahallasida yashovchi M.K. 102-qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tumanning “Yangisor” mahallasida janjal bo‘layotgani haqida xabar qilgan. Murojaat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan o‘rganish olib borilgan.

Aniqlanishicha, holat 14-aprel kuni soat 14:00 lar chamasida “Yangisor” mahallasi o‘ramida joylashgan qurilish mollari do‘koni oldida yuz bergan. Ushbu vaqtda tadbirkor M.A.ning savdo do‘koni oldida joylashgan xonaga tuman Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari kelib, dam olishga kelishgan. Natijada tadbirkor va ayollar o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. Janjal oqibatida O.T.ga tan jarohati yetkazilgan.

Ushbu holat yuzasidan Asaka tuman IIB profilaktika katta inspektori, kapitan Sh.Mirzakarimov tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, jabrlanuvchi O.T. 15-aprel kuni viloyat sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Asaka tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan hodisa ro‘y bergan kunning o‘zida ayollar bilan muloqot olib borilib, ularga ruhiy, psixologik yordamlar ko‘rsatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »