Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston sobiq prezidentining qonuniy rafiqasi Nursulton Nazarboyevning familiyasidan bosh tortdi. Bu haqda Telegram’dagi Shishkin_like kanaliga tayanib, “Daryo”ning Qozog‘istondagi muxbiri xabar berdi.

Nursulton Abishevich va Sara Alpisovnaning ajrashgani haqida hech qayerda rasmiy bayonotlar berilmagan. Nursulton Nazarboyev jamg‘armasining rasmiy internet resurslari va birinchi prezident nazarbayev.kz saytida Sara Alpisovna hozirgacha birinchi prezidentning qonuniy rafiqasi ekani haqida ma’lumotlar bor.

2022-yilda Qozog‘iston Ta’lim vazirligi Alpisovnaning “Samopoznanie” maktab fanini ta’lim dasturidan olib tashlab, fakultativ fanga o‘tkazgan. Sara Nazarboyevaning o‘zi ham Xotin-qizlar ishlari va oilaviy-demografik siyosat komissiyasidan chiqarib yuborilgan.

Qozog‘iston respublikasining biznes reyestrlari xabar berishicha, mamlakatning sobiq birinchi xonimi 2017-yilda o‘zining IP’sini Nazarbayeva Sara Alpisovna shaklida ro‘yxatdan o‘tkazgan.

U “Qonaqay Sara Alpinsqizi” kompaniyasiga rahbarlik qiladi. Bu uning 1962-yilda Nursulton Nazarboyev bilan turmush qurishdan oldingi qizlik familiyasi. Qayd etilishicha, Nazarboyevning rasmiy rafiqasi 2005—2012-yillar oralig‘ida familiyasini o‘zgartirgan.

Eslatib o‘tamiz, 82 yoshli Sara Alpisovnaning 82 yoshli Nursulton Nazarboyevdan uch nafar farzandi bor: 59 yoshli Darig‘a, 43 yoshli Aliya Nazarboyeva va 55 yoshli Dinara Qulibayeva.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »