Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 30-apreldan boshlab Yangi Mehnat kodeksi kuchga kiradi. Unda mehnat munosabatlari, xususan, ayollar hamda oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul bo‘lgan shaxslarga alohida qo‘shimcha kafolatlar berilmoqda.

Mazkur masala yuzasidan huquqshunos Muhammadamin Karimjonov “Daryo”ga bergan qisqacha intervyusida tushuntirish berdi.

“Yangi mehnat kodeksining 403-moddasida antenatal parvarishlash uchun ish beruvchi bo‘sh kunlar berishi shart, degan qoida kiritilmoqda. Bu nima degani? Bunda ayollar homilaning o‘ttizinchi haftasidan boshlab homiladorlik va tug‘ruq taʼtiliga chiqadi. Lekin bu davrga qadar, yaʼni homila o‘ttiz haftaga to‘lgunga qadar turli tibbiy ko‘riklardan o‘tiladi.

Ushbu holatda Yangi Mehnat kodeksida ish beruvchi ayolga o‘rtacha oylik ish haqini saqlagan holda antenatal parvarish, yaʼni o‘sha tug‘ruqqacha bo‘sh kunlar berishi shartligi ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Demak ayollarimiz manashu holatda, albatta, o‘rtacha ish haqi saqlangan holda bo‘sh kun olib, tegishli tibbiy ko‘riklardan bemalol o‘tishlari mumukin bo‘ladi”, — dedi Muhammadamin Karimjonov.

Huquqshunosning alohida taʼkidlashicha, Yangi Mehnat kodeksidagi kafolatlar onaga, otaga, vasiy yoki homiyga ham berilishi mumkin.

“Amaldagi Mehnat kodeksida 12 yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq farzandi bor onalarga 3 ish kuni qo‘shimcha taʼtil berilardi. Bundan faqat onalar foydalanishi mumkin edi.

Endi Yangi Mehnat kodeksining 407-moddasiga ko‘ra: 12 yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq farzandi, yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron farzandi bor ota-onadan biriga yoki vasiysiga ham taʼtil beriladi.

Bu degani, otalar ham bundan foydalanishi mumkin. Tasavvur qiling, ota yaxshiroq joyda ishlaydi, oyligi ko‘proq, ayolini esa oyligi kam. Agar ona to‘rt kalendar kun taʼtilni olsa, tabiiyki ayolga kamroq taʼtil puli chiqadi. Ota o‘sha taʼtilni olsa ko‘proq taʼtil puli chiqadi”, — dedi huquqshunos.

Muhammadamin Karimjonovning tushuntirishicha qo‘shimcha taʼtil olish uchun ota ham, ona ham ishlayotgan bo‘lishi kerak.

“Agar ona ishlamaydigan, bevosita bolani parvarishi bilan mashg‘ul bo‘lsa, unda ota bundan foydalana olmaydi”, — dedi u.

Mavzuga doir:

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »