Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Isroilning Eronga qarshi har qanday harbiy harakati Isroilning Tel-Aviv va Hayfa shaharlarini “vayron qilish”ga olib kelishidan ogohlantirdi. Bu haqda Al Arabia xabar berdi.

Foto: AFP

Raisiy Eron armiyasi kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan harbiy paradda nutq so‘zladi.

“Dushmanlar, xususan, sionistik rejimning, Eronga qarshi eng kichik bir harakati harbiylarning javobiga va Hayfa, Tel-Avivning vayron bo‘lishiga olib kelishi haqidagi xabarni oldi”, — dedi Eron rahbari.

Tehron bir necha bor Isroilni Eronning yadroviy inshootlari va olimlariga qilingan hujumda ayblagan. Isroil esa Eronni yadroviy qurol yaratishga urinishda ayblaydi, Tehron buni rad etadi. Isroil Eronning yadroviy dasturini cheklashda diplomatik sa’y-harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, harbiy choralar ko‘rishi haqida bir necha bor ogohlantirgan.

Dushanba kuni Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen Xitoyni Eronga yadroviy qurol yaratishga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z “ta’siri”dan foydalanishga undadi. Isroil Islom Respublikasining yadroviy davlatga aylanishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini bildirdi.

Xitoy a’zo bo‘lgan 2015-yilgi yadroviy kelishuvni qayta tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlar o‘tgan yildan beri to‘xtab qolgan. Kelishuv Eronni yadroviy dasturiga nisbatan qattiq, ammo vaqtinchalik cheklovlar evaziga xalqaro sanksiyalardan ozod qilishni taklif qilgan.

Kelishuv 2018-yilda sobiq prezident Donald Tramp davrida AQSH undan chiqqanidan keyin buzildi.

Armiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda Raisiy AQSH askarlarini Yaqin Sharqni tark etishga ham chaqirdi.

“Xorijiy kuchlarning mavjudligi mintaqa xavfsizligiga tahdid soladi, ammo Eron qurolli kuchlari qayerda bo‘lmasin xavfsizlikni ta’minlaydi. Ular qanchalik tezroq ketishsa, mintaqa aholisi uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi”, — dedi Raisiy.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »