Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Tomsk viloyatida yuz bergan yong‘inda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Vtomske.ru”.

Foto: “Vtomske.ru”

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa 15-aprel kuni Asinodagi uyda sodir bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida qutqaruvchilar 2002, 1989 hamda 1975-yilda tug‘ilgan erkaklar jasadini topgan. Halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgani aytilmoqda.

17-aprel kuni jinoyatga aloqadorlikda gumonlanib “Stroydommontaj-M”ning 43 yoshli ishchisi qo‘lga olingan. Mazkur tijoriy tashkilot yollanma ishchilar, jumladan, mehnat muhojirlarini jalb etgan holda qurilish va ta’mirlash ishlari borasida xizmat ko‘rsatadi.

Foto: “Vtomske.ru”

Gumonlanuvchi, shuningdek, binolarni ijaraga berish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib, yonib ketgan uy ham unga tegishli.

“2023-yilda u ‘Stroydommontaj-M’ga ishga joylashgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari guruhida yuqoridagi uyni yashash uchun bergan. Ammo uy egasi bo‘la turib, u yong‘in xavfsizligi talablarini ta’minlamagan, oqibatda uch kishining o‘limiga olib kelgan yong‘in yuz bergan”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Rossiya qonunchiligi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

12-dekabr kuni Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi 7-qavatdan qulab halok bo‘lgandi. Yanvar oyida esa Qozog‘istonning Aqmola viloyatidagi ishlamayotgan “Bestobe” koni hududida noqonuniy oltin qazib oluvchilar o‘zbekistonlik erkakning jasadini aniqlagan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »