Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sirdaryoda barpo etiladigan, loyiha qiymati 50 million dollar bo‘lgan agrologistika markazi Xitoy tomonidan moliyalashtiriladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati 

Xabarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Xitoyning Citic group kompaniyasi qishloq xo‘jaligi departamenti bosh direktorining o‘rinbosari Ibo Vang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Unda Xovos tumanida qiymati 50 million AQSH dollari bo‘lgan Agrologistik park qurish loyihasi muhokama qilindi.

Umumiy 32 gektar maydonni o‘z ichiga olgan mazkur loyihaga ko‘ra, 50 ming tonna sig‘imga ega muzlatkichli ombor, 300 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsuloti tovar aylanmasi, jumladan, saralash, qayta ishlash, saqlash, sovitish, qadoqlash bo‘limlari, shuningdek, ofislar, kamida 200 xonali mehmonxona, bojxona, avtopark, fitosanitariya va veterinariya tekshiruvi punktlari va boshqa obyektlar qurilishi nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, bu yirik logistika markazi mamlakatni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »