Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaning tinch aholisiga jiddiy xavf tug‘ilgan taqdirda, Janubiy Koreya mamlakatga qurol yetkazib berishni boshlashi mumkin, dedi Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Reuters agentligiga bergan intervyusida.

Foto: Reuters

“Agar xalqaro hamjamiyat toqat qila olmaydigan vaziyat yuzaga kelsa, masalan, tinch aholiga keng miqyosli hujumlar bo‘lsa yoki urush qonunlari jiddiy buzilsa, biz uchun faqat gumanitar yoki moliyaviy yordam bilan cheklanish qiyin bo‘ladi”, — dedi u. Reuters qayd etishicha, bu Janubiy Koreya prezidentining Kiyevga qurol berish mumkinligi haqida ilk bayonoti.

Yun Sok Yolning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro huquq Ukraina mudofaasi va mamlakatning qayta tiklanishini qo‘llab-quvvatlash darajasini cheklamaydi. Urush zonasidagi vaziyat va mojaro tomonlari bilan munosabatlarning rivojlanishini inobatga olgan holda, Janubiy Koreya rasmiylari “eng maqbul choralar”ni ko‘radi.

Seul Kiyevga insonparvarlik yordami, shuningdek, dubulg‘a va zirhli nimchalar singari harbiy buyumlar yetkazib bermoqda. The Washington Post gazetasi Pentagonning internetda tarqalgan hujjatlariga tayanib yozishicha, Janubiy Koreya yetakchisining yordamchilari Vashington keyinchalik Ukrainaga yuborishi mumkin bo‘lgan o‘q-dorilarni AQSHga yetkazib berish borasida ikkilanib turibdi. AQSH prezidenti Jo Bayden Yun Sok Yolga bevosita qo‘ng‘iroq qilib, qurol yetkazib berishni talab qilishi kutilayotgan edi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Seul “Vashington bosimi va Janubiy Koreyaning urush tomonlariga halokatli qurollar yetkazib berishni taqiqlovchi rasmiy siyosati orasida qolib ketgan”.

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski Janubiy Koreya “Rossiya va Xitoyning munosabatidan qo‘rqayotganini” aytdi. Janubiy Koreyaning Ukrainadagi sobiq elchisi Kvon Ki Changning fikricha, Seul Moskva tomonidan “iqtisodiy va diplomatik qasos”ga duch kelishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh

Muhammad Safarov

19.04.2023, 11:07

Нега матн очилмайди.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »