Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kataloniya hukumati “Barselona”ning Franko rejimi bilan aloqasi haqidagi xabarlarni soxta deb atadi.

Foto: El Pais

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” prezidenti Xoan Laporta “Real”ning “Negreyra ishi”dagi ishtiroki haqida gapirgandi: “Rejim jamoasi hisoblangan klub o‘zini beparvo his qilmoqda. 70 yil davomida CTA prezidentlarining aksariyati Madrid bilan bog‘langandi”. Shuningdek, Laporta hakamlar madridliklarga tizimli ravishda yordam berishlariga sha’ma qilgandi.

“Qaymoqranglilar”ning shaxsiy kanali Real Madrid TV da “Haqiqatan ham hukmron rejimning klubi kim edi?” sarlavhali videoroligi efirga ketdi. Unda Fransisko Franko hukmronligi davri bilan bog‘liq faktlar sanab o‘tildi: “U klubni uch marta inqirozdan saqlab qolgan, jamoaning muxlisi edi, uning vaziri “Kamp Nou”ni ochgandi. Franko qo‘l ostida kataloniyaliklar 8 marta La Ligani qo‘lga kiritgandi”.

El Pais nashrining xabariga ko‘ra, Kataloniya hukumati matbuot kotibi Patrisiya Plaxa “Real” “qizil chiziqni kesib o‘tganini” ta’kidlab, videoni o‘chirishini so‘ragan. Jamoadan esa uzr so‘rashni talab qilgan. 

““Real” kabi tashkilotlar uchun soxta xabarlar tarqatish noo‘rin va mas’uliyatsizlikdir. Kataloniya hukumati Franko rejimi ostida jabr ko‘rgan minglab odamlarga hurmatsizlik sifatida chiqarilgan videoni omma oldida qoralamoqchi”, — deyiladi bayonotda. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »