Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Agar Janubiy Koreya Ukrainaga qurol yetkazib berishni boshlasa, Shimoliy Koreya eng so‘nggi rusumdagi rus qurollarini olishi mumkin. Bu haqda Rossiya sobiq prezidenti, amaldagi Xavfsizlik kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram kanalida yozdi.

Foto: “TASS”

“Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol bu davlat Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga tayyor ekanini aytdi”, — deb yozdi Medvedev Janubiy Koreya prezidentining Ukrainaga qurol yetkazib berishni istisno etmagani haqidagi bayonotini eslatib. “Qiziq, bu mamlakat aholisi o‘zining eng yaqin qo‘shnisi Shimoliy Koreyadagi hamkorlarimiz qo‘lida Rossiyaning eng so‘nggi rusumdagi qurollarini ko‘rganida nima derkin?” — qo‘shimcha qildi Medvedev.

Janubiy Koreya Rossiya bosqini boshlanganidan ko‘p o‘tmay Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga kirishgan edi, biroq hozircha u faqat gumanitar va noharbiy yordam: dori-darmonlar, chodirlar, ko‘rpa-to‘shaklar, o‘q o‘tkazmaydigan dubulg‘alar va boshqa himoya vositalari bilan cheklanmoqda.

Mart oyi boshida Janubiy Koreya bosh vaziri Xan Dok Su Seul hali Kiyevga qirg‘in qurollari yetkazib bermoqchi emasligini tasdiqladi. Shu bilan birga, aprel oyi o‘rtalarida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol AQSHga tashrifi oldidan Reuters agentligiga bergan intervyusida, agar Ukraina aholisi “keng ko‘lamli hujum”ga uchrasa, Seul Kiyevga qurol yetkazib berishi mumkinligini aytdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, urush zonasidagi vaziyat va mojaro tomonlari bilan munosabatlarning rivojlanishini inobatga olgan holda, Janubiy Koreya rasmiylari “eng maqbul choralar”ni ko‘radi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »