Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Volin viloyatiga ish safarini amalga oshirib, Ukraina, Polsha va Belarus chegaralari tutashadigan chegara uchastkasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Zelenskiy davlat chegarasini tartibga solish bilan tanishgan. Hududda muhandislik to‘siqlari, istehkomlar va masofaviy video kuzatuv tizimlarini o‘rnatish ko‘paymoqda. Ushbu choralar Belarus hududidan Rossiya bosqinini qaytarish uchun zarurligi aytilmoqda.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati 

Chegarachilar Zelenskiyga 2022-yil boshidan buyon Volin viloyati doirasida Belarus bilan chegarani mustahkamlash bo‘yicha olib borilgan ishlarni ko‘rsatgan. Prezident chegaradagi kuzatuv punktini, dronlarni aniqlash tizimlarini ko‘zdan kechirgan. 

“Baxmutdagi himoyangiz uchun rahmat aytmoqchiman. Baxmutni qanchalik ushlab turganingizni bilaman. Bizda shunday kuchli chegarachilar borligidan faxrlanamiz. Davlatimizni himoya qilishda bizda bor kuch, adolat va g‘azabni saqlab qolishingizni tilayman. Barchaga faqat g‘alaba tilayman”, — degan Zelenskiy.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati 

Shuningdek, Ukraina prezidenti Volin viloyatida ham yig‘ilish o‘tkazgan. Harbiy masalalardan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy va bugungi kundagi vaziyat muhokama qilingan.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati 
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati 

Putinning bosib olingan Ukraina hududlariga tashrifi

18-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xerson va Luganskka tashrif buyurgani xabar qilindi. Tashrifda Rossiya rahbari harbiy hisobotlarni tinglagan, shuningdek, harbiy xizmatchilarni Pasxa bayrami bilan tabriklagan va ularga sovg‘a bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda Putinning tashrifidan videolar e’lon qilingan.



Shu kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk viloyati Avdeyevkadagi oldingi pozitsiyalariga tashrif buyurdi.

19-mart kuni Putin Mariupolga vertolyotda tashrif buyurib, shundan so‘ng u shaharning bir qancha tumanlarini mashinada aylanib chiqqandi. Zelenskiy ofisi tashrifga munosabat bildirib, “jinoyatchi har doim jinoyat sodir bo‘lgan joyga intilishini” qayd etgandi

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Rossiya prezidenti rus harbiylari tomonidan bosib olingan Mariupolga uning qayta tiklanganiga ishonch hosil qilish uchun borganini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »