Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga 325 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini yuboradi. Bu haqda Pentagon saytida xabar berildi.

Foto: Getty Images

Yangi paket doirasida Qo‘shma Shtatlar Ukrainani HIMARS yoppasiga o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, artilleriya snaryadlari, tankka qarshi AT-4 qurollari, tankka qarshi minalar, to‘qqiz milliondan ortiq patronlar, aniq boshqariladigan aviatsiya o‘qlari va boshqalar bilan ta’minlaydi.

Vashington Kiyevga Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri 35 milliard dollardan ortiq harbiy va boshqa yordam ko‘rsatdi, deb yozadi Associated Press.

Aprel oyi boshida AQSH Ukrainaga 2,6 milliard dollarlik harbiy yordam paketini e’lon qilgandi. U Patriot va NASAMS havo mudofaa tizimlari uchun raketalar, tankka qarshi tizimlar, havo mudofaa tizimlari, o‘q-dorilar, minomyot tizimlari va boshqa qurollarni o‘z ichiga olgan.

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Reuters agentligiga bergan intervyusida, agar Ukraina aholisi “keng ko‘lamli hujum”ga uchrasa, Seul Kiyevga qurol berishni boshlashi mumkinligini aytgandi. Bunga javoban Rossiya sobiq prezidenti, amaldagi Xavfsizlik kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Janubiy Koreya Ukrainaga qurol yetkazib bergan taqdirda, Rossiya Shimoliy Koreyani qurollantirishi bilan tahdid qildi.

Janubiy Koreya Rossiya bosqini boshlanganidan ko‘p o‘tmay Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga kirishgan edi, biroq hozircha u faqat gumanitar va noharbiy yordam: dori-darmonlar, chodirlar, ko‘rpa-to‘shaklar, o‘q o‘tkazmaydigan dubulg‘a va boshqa himoya vositalari bilan cheklanmoqda.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »