Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eski Qozog‘istondagi alkogol bozori mamlakatning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyevga tegishli bo‘lgan. Bu haqda deputat Yerjan Beysenboyevning parlament yalpi majlisidagi nutqiga tayanib, “Daryo”ning Ostonadagi muxbiri xabar berdi.

Foto: saliqaly.kz

Beysenbayev dastlab Qozog‘istonda mahsulotlarni markalash masalasini ko‘tardi. Uning fikricha, bu tartib yashirin iqtisodiyot qisqarishiga ta’sir qilmaydi, balki tovarlar narxining oshishi nuqtai nazaridan salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Tadbirkorlarning aytishicha, markalashning real qiymati tovar birligi uchun 550 (1,2 dollar) dan 3500 tenge (7,6 dollar) gacha. Ya’ni arzon poyabzallar 20-30 foizga qimmatlashadi, bu esa kam ta’minlangan iste’molchilarning ahvolini yomonlashtiradi”, — dedi deputat.

Bundan tashqari, Yerjan Beysenbayev yashirin iqtisodiyot bozorida eng katta ulushni egallagan spirtli ichimliklar mavzusiga to‘xtalib o‘tdi.

“Qozog‘istonda poyabzal va boshqa ko‘plab tovarlarni markalash joriy qilingan. Shu bilan birga, hukumat yashirin iqtisodiy bozorning eng katta ulushiga ega bo‘lgan spirtli ichimliklarni markalashdan bosh tortgan. Ma’lumki, eski Qozog‘istondagi spirtli ichimliklar bozori Bolat Nazarboyev qo‘lida edi. Balki, shuning uchun ham oddiy tadbirkorlarni qo‘shimcha to‘lov bilan ekspluatatsiya qilishgan, lekin ularga tegilmagan?” — dedi deputat.

Majlis a’zosi tovarlarni majburiy markalashni bekor qilishni talab qilgan va buni samarasiz, zararli deb baholagan.

Talgat Satibaldi, Ostona

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »