Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda daraxt kesganlik, unga ziyon yetkazganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan ekoaksiya avvalida tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Tabiat resurslari vazirligi

Vazirning aytishicha, Qonunchilik palatasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish haqida taklif kiritilgan.

“Hozirda fuqarolar, tadbirkorlarimizni ogohlantirish bilan cheklanmoqdamiz. Jazo choralari ham juda kuchsiz — 300 ming so‘mdan 1,5 million so‘mgacha jarima. Albatta, bu ta’sirchan chora emas. Shuning uchun hozir biz Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taklif etdik. Shu o‘zgarishlar kuchga kirgandan keyin moliyaviy sanksiyalar ham karrasiga ko‘payadi”, — dedi Aziz Abduhakimov.

Uning ta’kidlashicha, yangi o‘zgarishlar bilan yuridik shaxslarga ham jazo choralari qo‘llanadi.

Foto: “Daryo” / Abduqahhor Qosimov

“Ko‘pincha mansabdor shaxslarga, fuqarolarga qo‘llanadi hozirgi jazo. Lekin yuridik shaxslarga qo‘llanmayapti moliyaviy sanksiyalar. Biz taklif etayotgan o‘zgarishlar qabul qilinsa, yuridik shaxslarga ham og‘ir-og‘ir sanksiyalar qo‘llanadi. Bundan tashqari, o‘simlik va hayvonot dunyosiga keltiriladigan zarar ham o‘ta og‘ir jinoyat kategoriyasiga o‘tkazilmoqda. Bu degani mas’uliyat ham, jazo ham karrasiga oshadi”, — deydi u.

Aziz Abduhakimov 1-aprel kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda ham atrof-muhit, flora va faunani asrash maqsadida huquqbuzarlarga nisbatan katta miqdordagi jarima jazolarini qo‘llash, hattoki moliyaviy sanksiyalar e‘lon qilish masalalarini qonunchilikka kiritish takliflari ishlab chiqilayotganini aytib o‘tgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »