Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” bayram kunlari uchun “Afrosiyob” poyezdiga chiptalar sotib olish imkoni yo‘qligi haqida fuqarolar bildirilayotgan fikrlar va murojaatlarga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Unda aytilishicha, O‘zbekistonda anʼanaviy tarzda nishonlanadigan bayramlar, qishki taʼtil, qolaversa sayyohlik mavsumi mobaynida temiryo‘l transportiga bo‘lgan talab ortmoqda. Temiryo‘l transporti xavfsiz va ishonchliligi bois, yo‘lovchilar jo‘nash muddatidan 1 oy va undan ham oldinroq chiptalar xarid qilmoqda. Shu sababli, bayramlar arafasida chiptalar yetishmasligi ko‘pchilikda noto‘g‘ri tushuncha uyg‘otmoqda.

“Yo‘lovchi poyezdlarga chiptalar 45 kun oldindan sotuvga chiqariladi, shu muddatda yo‘lovchilar chiptalarni chiptaxonalarda yoki elektron tarzda rasmiylashtirishlari mumkin. Chiptalarni uzrailwaytickets ilovasi hamda chipta.railway.uz sayti orqali 45 kun oldindan yo‘lovchilar xarid qilib olishlari mumkin”, — deyiladi munosabatda.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” imkoniyatdan kelib chiqib, bayram arafasi va bayram kunlarida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar, qo‘shimcha vagonlar ham qo‘yib kelinayotganini bildirib o‘tgan. Jumladan, 20,22-aprel kunlari Toshkent—Xiva—Toshkent yo‘nalishida 2 ta qo‘shimcha reys, 21—24-aprel kunlari “Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida 4 ta qo‘shimcha “Afrosiyob” harakati qo‘yilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda har kuni yuqori tezlikda harakatlanuvchi 6 ta “Afrosiyob” poyezdining 12 ta qatnovi amalga oshirilmoqda. Respublikaning barcha hududlariga esa 30 ga yaqin yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Temiryo‘l transporti orqali bir sutkada 25 000 dan ortiq yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazib qo‘yilmoqda. Samarqand, Buxoro, Qarshi kabi shaharlarga nafaqat “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi balki boshqa yo‘lovchi poyezdlarda ham harakatlanish mumkin.

Elerktron chipta rasmiylashtirishda turli savollar yuzasidan +998 99 190 50 05 raqamiga qo‘ng’iroq qilish yoki Telegram ilovasida @chiptarailwayuz ga murojaat qilishingiz mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »