Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda parlament yuqori palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Senat

Xabarga ko‘ra, yig‘ilishda bugungi kunga qadar davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, oldini olish va nazorat qilishning aniq mexanizmlari yaratilmagani aytilgan.

“Qonunchilikda manfaatlar to‘qnashuvini huquqiy jihatdan tartibga solinmagani amaliyotda bir qator muammolarni keltirib chiqarishi bilan birga, korrupsiyaviy holatlarga sharoit yaratib bermoqda. Mazkur qonun yuqorida qayd etilgan muammolarni bartaraf etish bilan birga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvini oldindan aniqlab, tegishli chora-tadbirlarni belgilash imkonini yaratadi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Senat

Maʼlum qilinishicha, qonun bilan manfaatlar to‘qnashuvi oqibatida yetkazilgan zararni qoplashning ham aniq mexanizmlari belgilab berilmoqda.

Qonun bilan davlat tashkiloti faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishda vakolatli organlar, yaʼni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, davlat tashkilotlarining odob-axloq komissiyasi, kadrlar bo‘linmalari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari belgilanmoqda.

Shu bilan birga, davlat tashkiloti xodimi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi haqida mavjud manfaatlar to‘qnashuvidan xabardor qilish hamda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni deklaratsiya qilish orqali maʼlum qilishi nazarda tutilmoqda.

Foto: Senat

Manfaatlar to‘qnashuvini dastlabki bosqichda aniqlash hamda uni vaqtida tartibga solish maqsadida davlat tashkiloti xodimining yaqin qarindoshlari va unga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan mazkur xodimning mehnat qilayotgan tashkiloti bilan huquqiy munosabatga kirishayotganda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabar berish lozimligi belgilanmoqda.

Davlat organi xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bermagani, mansabdor shaxslarning ushbu vaziyatni tartibga solmagani uchun javobgarlik mustahkamlanmoqda.

Yig‘ilishda qonun manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishning aniq mexanizmini belgilab, mazkur yo‘nalishda davlat nazoratining o‘rnatilishiga va korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilishi aytilgan. Qonun bo‘yicha kelgusida muhokamalarni davom ettirishga kelishib olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »