Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” oliy yetakchisi mulla Haybatulloh Oxundzoda Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida din peshvolari xalqni “Tolibon”ga qarshi har qanday “isyon”dan qaytarishi kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri.

Foto: BBC

Mulla Haybatulloh Oxundzoda Afg‘onistondagi diniy ulamolarning zimmasidagi vazifalarga ishora qilib, ularga masjid minbarlarida va’z o‘qish orqali islomiy tuzum qadriyatlarini xalqqa tushuntirishni buyurdi.

“Tolibon” yetakchisi, shuningdek, madaniy, ta’lim, iqtisodiyot va media sohalarida islohotlar amalga oshirilganini ta’kidlab, yot g‘oyalarning ta’siri tugatilishini aytdi.

Oxundzodaning tabrigida “Tolibon” sud-huquq islohotlari, savdo-sotiq vazirlik faoliyati, qo‘shni davlatlar va dunyoning Afg‘oniston ichki ishlariga aralashuvi, “Tolibon” askarlarining majburiyatlari, xavfsizlik va boshqa masalalar tilga olingan.

“Tolibon” yetakchisi dunyo bilan munosabatlarga to‘xtalib, G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlarining Yaponiyada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida xalqaro hamjamiyatning “Tolibon” bilan munosabatlarini normallashtirish masalasi muhokama qilinganini aytdi. Vazirlarga ko‘ra, bu jarayon “Tolibon” hukumatining harakatlariga bog‘liq bo‘ladi.

17-aprel kuni AQSH Davlat bosh kotibi Entoni Blinken ham Twitter’dagi sahifasida bu masala G7 tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida muhokama qilinganini yozdi, ammo tafsilotlarni keltirmadi.

Avvalroq Haybatulloh Oxundzoda mamlakatdagi qozilarni xalqqa zulm qilishni to‘xtatishga va “adolatni” ta’minlashga chaqirgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »