Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Su-34 harbiy samolyoti 20 aprel, payshanba kuni kechqurun Belgorod markaziy qismiga aviabomba tashlab yubordi.

Foto: Mash

 “20-aprel kuni Harbiy havo kuchlariga qarashli Su-34 samolyotining Belgorod shahri uzra parvozi chog‘ida aviatsiya o‘q-dorisining g‘ayritabiiy tushishi sodir bo‘ldi. Natijada turar joy binolariga shikast yetgan, jabrlanganlar yo‘q. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov o‘zining Telegram kanalida holat bo‘yicha ma’lumot bergan.

Foto: Telegram / Vyacheslav Gladkov

“Belgorodda favqulodda holat. Portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Markaziy ko‘chalardan birining chorrahasida radiusi 20 metrga teng ulkan o‘ra paydo bo‘ldi. Yaqin-atrofdagi turar joy binosining oynalari singan, portlash natijasida to‘xtab turgan bir nechta mashina shikastlangan va elektr uzatish liniyalari ishdan chiqqan”, — deb yozadi u.

Keyinroq gubernator ikki kishi jabrlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, Shaladin ko‘chasidagi turar joy binosining to‘rtta kvartirasi ham vayron bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »