Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarga hech kimning aralashishga haqqi yo‘q, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin brifingda. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Van Venbin
Foto: Xitoy TIV matbuot xizmati

“Xitoy va Rossiya har doim bloklarga qo‘shilmaslik, qarama-qarshilikka bormaslik va uchinchi tomonlarni nishonga olmaslik tamoyillariga amal qilib kelgan, biz yirik davlatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, tinch-totuv yashash va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan yangi turdagi munosabatlarni rivojlantirib keldik”, — dedi TIV vakili hech bir davlat Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarga aralasha olmasligini taʼkidlab. 

U AQSH Moliya vazirligi rahbarining Pekin va Moskva “sherikligi” haqidagi so‘nggi bayonotiga shunday munosabat bildirdi.

Van Venbin “Xitoy doimo Ukrainaga nisbatan adolatli va xolis pozitsiyani egallab kelgan”ini hamda tinchlik muzokaralari g‘oyasini ilgari surganini qo‘shimcha qildi. Uning ta’kidlashicha, bu pozitsiya “ikki tomonlama standartlarni qo‘llayotgan va olovga yog‘ sepishda davom etayotgan bir qator mamlakatlar amaliyotidan tamomila farq qiladi”. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rahbari, xususan, AQSHni Ukrainadagi mojaro keskinligini kamaytirishga chaqirdi.

Avvalroq AQSH moliya vaziri Janet Yellen Xitoyning Rossiya bilan “chegarasiz” hamkorligini qoralab, buni Ukrainadagi urushning to‘xtatilishi borasida “Xitoyning jiddiy emasli haqida xavotirli belgi” deb atagan edi.

Mart oyi oxirida Rossiya va Xitoy “bir-birlarini ustuvor sherik deb bilishi va teng asosda hamkorlik qilishi” haqida bayonot tarqatgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »