Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portaliga kelib tushgan murojaatlar tahlilini e’lon qildi.

2023-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, ushbu portalga jami 1 961 ta murojaat kelib tushgan. Mazmuniga ko‘ra, murojaatlarning 20 foizi bank va kreditga oid, 18 foizi yer maydoni yoki bino ajratishga oid, 10 foizi soliqqa oid, 8 foizi infratuzilmaga oid, mansabdor shaxslarning xatti-harakatiga oid, qolgan 37 foizi boshqa masalalarga tegishli.

Murojaatlarning aksariyat qismi Qashqadaryo viloyati (19 foiz), Toshkent shahri (15 foiz), Surxondaryo viloyati (9 foiz) va Samarqand viloyatiga (8 foiz) to‘g‘ri keladi.

Kelib tushgan murojaatlar asosida tadbirkorlarga 2,131 million so‘mdan oshiq kredit ajratilishi, 1,635 million so‘m pul mablag‘larini undirishda, 196 million so‘m miqdorida asossiz to‘langan soliq summalari qaytarilishida yordam ko‘rsatilgan.

“Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddati ustidan biznes-ombudsman tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

O‘rganish davomida mas’ul tashkilot va idoralar tomonidan muddat buzilish holatlari jami 205 ta (121 tasi tadbirkorlik subyektlari va 84 tasi tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar) murojaat ko‘rib chiqish muddatlariga rioya qilinmasdan javob xatlar berilgani aniqlangan.

Hududlar kesimida: Qashqadaryo viloyatida 47 ta, Toshkent shahrida 34 ta, Samarqand viloyatida 24 ta, Surxondaryo viloyatida 23 ta, Toshkent viloyatida 18 ta, Buxoro viloyatida 17 ta, Andijon viloyatida 12 ta, Xorazm, Jizzax viloyatlarida 6 tadan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatida 5 tadan, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida 4 tadan.

Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan 43 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib (hokimiyatlar 22 ta, banklar 4 ta, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 4 ta), tegishli organlarga 15 ta taqdimnoma kiritilgan.

Taqdimnoma ijrosi bo‘yicha 29 ta mas’ulga hayfsan, 16 nafar xodimga jarima qo‘llangan, 1 nafar mansabdor shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »