Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kadastr agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkentda 2022-yilda jami 327 ta — 92,42 gektar yer maydoni 562,28 milliard so‘mga sotilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yer nazorati yo‘nalishda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida 2022-yilda Toshkent shahri bo‘yicha aholi yashash manzillarida umumiy 3 118 ta holatda (38,73 gektar) yer qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Shundan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasiga (tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish) asosan 1579 ta, 68-1-moddasiga (ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik) asosan 1490 ta va 68-moddasiga (yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish) asosan 49 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. 

1579 ta holatda (25,81 gektar) yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi aniqlangan. Shundan, 385 ta holatda 4,12 gektar  yer fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, asl holatiga qaytarilgan. Qolgan 1194 ta holat yuzasidan sud tartibida ko‘rib chiqish uchun sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan.

Toshkent shahrida 2023-yilda yer qonunchiligiga rioya etilishi ahvolini o‘rganish va yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” va Yillik chora-tadbir ishlab chiqilgan.

Mazkur yo‘nalishlarda grafik asosida Toshkent shahrining barcha hududlarida yer nazorati tadbirlarini amalga oshirish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini qiynab kelayotgan muammoli masalalarni joyida o‘rganish va hal qilish maqsadida boshqarma boshliqlari tomonidan tumanlarda sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izoh

А&G A&G

24.04.2023, 11:21

Колган пул каерга кетибди тошкент шахида уртача 1 сотих ер 10000 доллар а бу курсатгич 3 дан бирику. Маззами

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »