Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Baxtiyor Odilovich Saidov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bundan ilgariroq Baxtiyor Saidovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.

2022-yil apreli oxirlarida prezidentining tegishli farmonlari bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Komilov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Vladimir Norov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, uning zimmasiga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatilgandi. Sentabr oyida Vladimir Norov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlangan. Dekabr oxirida esa Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Vladimir Norov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etilgandi.

Shu bilan birga, 2021-yilning noyabridan buyon Xalq ta’limi vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Baxtiyor Saidov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Unga qadar O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »