Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentga olib kelingan yangi avtobus va elektrobuslar atmosferaga chiqariladigan zaharli gazlar miqdorini 1,2 ming tonnaga kamaytiradi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, 10-apreldan 10-mayga qadar butun respublika bo‘ylab “Toza havo” oyligi o‘tkazilmoqda. Bunda transport vositalaridan atmosferaga zaharli gazlar tarqalishini kamaytirish ko‘zda tutilgan. Toshkentga Xitoydan olib kelingan 223 ta yangi avtobus va elektrobuslar aynan havodagi zaharli tashlamalarni kamaytirishga xizmat qiladi. Mazkur jamoat transporti vositalari ekologik jihatdan xavfsiz hisoblanadi.

Yangi transport vositalari poytaxt ko‘chalarida 1000 dan ortiq yo‘nalishda harakatlanmoqda. Natijada atmosferaga chiqariladigan zaharli gazlar miqdori bir yilda o‘rtacha 1,2 ming tonnaga kamayishiga erishiladi.

Toshkentda jamoat transporti

2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga asosan, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 dona 18 metrli va 500 dona 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 dona 12 metrli elektrobuslar xarid qilish belgilangan.

Xitoyning Yutong Bus Co Ltd kompaniyasi va “Toshshahartransxizmat” o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, 2023-yilning mart oyi yakuniga qadar Yutong avtobuslarning 1-partiyasi, ya’ni 110 dona avtobus va 150 dona elektrobuslar O‘zbekistonga yetkazib berilishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Davlat rahbari 13-dekabr kuni Uchtepa tumani faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 dona avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq berganini aytgandi. “Jamoat transportini isloh qilishimiz zarur. Yutuqlar bilan birga, kamchiliklarimiz ham juda ko‘p”, — degandi prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »