Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chexiya prezidenti Pyotr Pavelning fikricha, Xitoy Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘la olmaydi, chunki Pekin urushning cho‘zilishidan manfaatdor. Bu haqda u Politico nashriga bergan intervyusida gapirdi.

Foto: Getty Images

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyga vositachilikni ishonib bo‘lmaydi, chunki Pekin urush avj olishini istaydi – bu uning uchun foydali.

“Status-kvoni saqlab qolish Xitoy manfaatlariga mos keladi, deb hisoblayman. Chunki bu Rossiyani qator yon berishlarga undashi mumkin”, — dedi Pavel. Uning taʼkidlashicha, Xitoy Kreml bilan “cheksiz” hamkorligi evaziga Moskvadan arzon neft, gaz va boshqa resurslar olishi mumkin.

“G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, ehtimol, biroz zaiflashib borayotgani ham Xitoy uchun foydali. Menimcha, Xitoy urushni qisqa vaqt ichida tugashidan chinakamiga manfaatdor emas”, — dedi Chexiya rahbari.

U XXR har kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidan saboq olayotganini, shuningdek, Rossiya harakatlari va G‘arbning munosabatini diqqat bilan kuzatib borayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 23-aprel kuni Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shay Qrimni “aslida Rossiyaniki” deb atab, sobiq Sovet davlatlarining suverenitetiga shubha bildirgan edi. Bu Latviya, Litva, Estoniya va Ukraina rasmiylarining keskin munosabatiga sabab bo‘ldi. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Lu Shayning so‘zlarini “xavotir bilan e’tiborga olganini” bildirdi va Xitoy rasmiylaridan bu gaplar Pekinning pozitsiyasini aks ettiradimi yoki yo‘qligiga aniqlik kiritishni so‘radi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin elchining so‘zlarini inkor qilib chiqdi va Pekin barcha mamlakatlarning suveren maqomini hurmat qilishini aytdi.

Bloomberg nashrining qayd etishicha, Xitoyning Fransiyadagi elchixonasi o‘zining WeChat akkauntida elchi bilan suhbat stenogrammasini o‘chirib tashlagan. Suhbat elchixonaning rasmiy saytida chop etilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »