Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin Ukrainadagi urushni tugatish yo‘lini aytdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: AP Photo

Siyosatchi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda uzoq muddatli tinchlik faqatgina Moskva va G‘arb o‘rtasida yangi keng ko‘lamli kelishuvga erishilgan taqdirdagina amalga oshishini bildirdi.

U mazkur fikrni Turkiya tashqi siyosatiga bag‘ishlangan anjumanda aytib o‘tdi. Kalin Rossiya–Ukraina urushini faqat ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilik prizmasidan qabul qilish kerakmasligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar Rossiya va G‘arb kuchlarning yangi muvozanatini izlayotganidan dalolat beradi.

“Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun bor kuch-g‘ayratimizni sarflaylik. Ushbu urushning davom etishi va uning ko‘lamining kengayishi global falokat bilan to‘la. Urushni to‘xtatish va diplomatiyaga ustunlik berish muhim. Tomonlar muzokaralar stoliga o‘tirishiga harakat qilish kerak. Biz urushga emas, tinchlikka ’stavka qilishimiz’ kerak!”, — deya Kalin xalqaro hamjamiyat va G‘arb davlatlariga murojaat qildi.

Siyosatchi Turkiya va shaxsan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bu masalada rol o‘ynashga tayyorligini aytdi. U Turkiya rahbariyati Ukrainadagi qon to‘kilishini to‘xtatish uchun ko‘p urinishlar qilganini eslatib, Anqaraning bu yo‘nalishdagi faol harakatlari davom etishiga ishontirdi.

Prezident matbuot kotibining ta’kidlashicha, dunyo Ukrainada yana o‘n minglab odamlarning o‘limini ko‘rmasligi kerak.

“Urushni davom ettirishdan ko‘ra, keling, uch yoki besh yillik tinchlik muzokaralari variantini hal qilaylik. Asosiysi, qon to‘kilishini to‘xtatish. Biz mavjud vaziyatni hisobga olgan holda muloqotni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilamiz”, — deya xulosa qildi Kalin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »