Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyati Oltiariq shaharchasidagi Davlat kadastrlar palatasining Oltiariq tumani filiali rahbari hamda uning sherigi 1 000 AQSH dollariga fuqaroning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlandi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro yer sotib olib, uy qurgan. Uyning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga kelganda esa mazkur joy taqiqda ekani, bu yerga turar joy qurib bo‘lmasligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng, ushbu fuqaro Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Tumandagi “Jarqo‘rg‘on” MFY hududidagi 656-konturda joylashgan issiqxona maydonidan fuqaro 10 sotix qismini 11 ming dollarga sotib olgan. Mazkur joy taqiqda ekanini bilib, unga yechim topmoqchi bo‘lib yurganida yerni o‘ziga sotgan shaxsga duch kelgan. U Davlat kadastrlar palatasida ishlovchi rahbar tanishlari orqali muammoni hal qilib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish uchun fuqarodan 1 000 AQSH dollari talab qilgan.

Arizaga asosan shu kuni viloyat IIB, DXX hamda departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Oltiariq shaharchasidagi Davlat kadastrlar palatasining Oltiariq tuman filiali rahbari hamda uning jinoiy sherigi (yuqoridagi shaxs) arizachidan pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, filial rahbarining xizmat xonasi hamda avtomashinasi ko‘zdan kechirilganida, mashina salonidan ikki dona gugurt qutisi ichidan nasha giyohvandlik moddasi topilgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Aprel boshlarida Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »