Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mintaqaviy hamkorlik yetarli bo‘lmagan taqdirda, 2050-yilgacha Markaziy Osiyo mamlakatlari sug‘orish suvi tanqisligiga duch kelishi mumkin. Bu haqda Yevrosiyo taraqqiyot bankining “Oziq-ovqat xavfsizligi va Yevrosiyo mintaqasining agrosanoat salohiyatini ochish” hisobotiga tayanib, EastFruit xabar berdi.

Foto: EastFruit

YTB ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun tuzilmaviy cheklovlarning asosiy manbai suv resurslarining yetishmasligi hisoblanadi.

Kelgusida qurg‘oqchil mamlakatlarda tanqislik faqat kuchayadi va bu qishloq xo‘jaligi yerlarini kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi.

Oziq-ovqat xavfsizligi masalasini hal qilish Markaziy Osiyo suv-energetika kompleksini boshqarish samaradorligini oshirish va suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash bilan chambarchas bog‘liq.

Bank mutaxassislarining fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti iqtisodiyot tarmoqlari, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi va sanoatning yuqori energiya va suv sarfi bilan ajralib turadi.

Orol dengizi havzasidagi Markaziy Osiyo davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi azaldan suv resurslari kamayib borayotgan sharoitda kechmoqda va bu holat mintaqa davlatlarining munosabatlaridagi asosiy vektorni belgilab beradi, — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hududlarda suv tanqisligi ko‘p jihatdan qishloq xo‘jaligi va sanoatda suvdan foydalanishning yomon tashkil etilgani, shuningdek, suv xo‘jaligi infratuzilmasining qoniqarsiz holati, uni saqlash va rivojlantirish uchun ajratilayotgan mablag‘larning yetarli emasligi bilan bog‘liq.

Umuman olganda, Markaziy Osiyoda aholi jon boshiga suv olish sovet davriga nisbatan ikki baravar kamaydi — 3 500 metr kubdan 2018-yilda 1 540,7 metr kubgacha.

Markaziy Osiyo davlatlari suv tanqisligini boshdan kechirishda davom etmoqda va xalqaro tasnifda suv resurslari bilan “yetarlicha ta’minlanmagan” davlatlar toifasiga kiradi.

Markaziy Osiyodagi vaziyat rivojlanishining mo‘tadil ssenariysiga ko‘ra, bu tendensiya uzoq muddatli istiqbolda ham davom etadi.

Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik yetarli bo‘lmagan taqdirda (shu jumladan, qoniqarsiz suv-energetika integratsiyasi) 2050-yilgacha Markaziy Osiyo davlatlari “suv tanqisligi” holatiga yaqinlashishi mumkin.

Suv ta’minotining o‘ta darajada yetishmovchiligi, mamlakatlar o‘rtasida suv resurslarining notekis taqsimlanishi va mintaqada o‘sib borayotgan ekologik muammolar harakatlarni muvofiqlashtirish va iqtisodiy integratsiyani taqozo etadi, — deyiladi hisobotda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarida aholi jon boshiga suv resurslari yetarli (taxminan 2,3 ming metr kub). Muammo tanqislik emas, balki mantiqsiz foydalanishda.

FAO ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari dunyodagi eng yaxshi suv foydalanuvchilari o‘ntaligiga kiradi: Turkmaniston (5 319 m3/yil), Qozog‘iston (2 345 m3/yil), O‘zbekiston (2 295 m3/yil), Qirg‘iziston (1 989 m3/yil), Tojikiston (1 895 m3/yil).

Bundan tashqari, O‘rta Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligida mahsulot birligini olish uchun rivojlangan mamlakatlarnikidan 2,5—3 barobar ko‘p suv sarflanadi.

Bugungi kunda Tojikistonning suv xo‘jaligida iste’mol qilinadigan suv hajmining 92 foizi sug‘oriladigan dehqonchilik va energiya bilan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlariga, 4 foizi esa sanoat va kommunal xo‘jaliklarga sarflanadi.

Ayni paytda Tojikistonda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar mavjud. Mamlakat aholisining qariyb 68 foizi markazlashtirilgan suv ta’minotidan foydalana olmaydi. Suv ta’minoti tarmoqlarining 30 foizga yaqini ishlamaydi.

Bundan tashqari, Tojikistonda parrandachilik xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun sug‘orish suvidan 61 barobar, O‘zbekiston chorvachilik uchun 10 barobar, Turkmaniston paxta xomashyosi yetishtirish uchun Xitoyga qaraganda 42 barobar ko‘p foydalanmoqda.

Markaziy Osiyo suv resurslaridan foydalanishda sezilarli isrofgarchilikka yo‘l qo‘yiladigan eng muammoli mintaqa ekanligi haqidagi xulosaga Xitoyning Shensi provinsiyasining Shimoli-g‘arbiy A&F universiteti mutaxassislari va Xitoy suv xo‘jaligi vazirligi xodimlari ham kelgan.

Xitoylik mutaxassislar mintaqa mamlakatlarida suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish natijasida 56 foiz suvni tejash va 387 million aholini to‘ydirish mumkinligiga ishonch bildirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »