Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xitoylik hamkasbi Sin Gan bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi kanali orqali ma’lum qildi.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

“Xitoy Davlat kengashi a‘zosi, tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan bu safar Sianda uchrashdik. Muzokaralarimiz juda samarali bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik misli ko‘rilmagan sur‘atda rivojlanmoqda”, — deb yozadi O‘zbekiston TIV rahbari.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

Shuningdek, u Shensi provinsiyasi partiya kotibi Chjao Ide bilan uchrashib, O‘zbekiston—Xitoy hududlararo aloqalarini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqqan.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

“Ekologik toza texnologiyalar, innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, fan-ta‘lim, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik”, — deya qayd etadi Saidov.

Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sin Ganni qabul qilgandi. O‘shanda O‘zbekiston yetakchisi Xitoyga bo‘lajak davlat tashrifi va Markaziy Osiyo—XXR sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini ta’kidlagan. Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan edi.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning noyabridan buyon Xalq ta’limi vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Baxtiyor Saidov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Unga qadar u O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »