Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kreml Ukrainadagi urushga yana 400 ming askarni jalb qilmoqchi, ammo jamoatchilikning g‘azabidan qo‘rqadi. Bu haqda AQSH razvedkasining maxfiy hujjatlariga tayanib, Washington Post xabar berdi.

Foto: topnews.ru

Pentagonning internetga sizdirilgan hujjatlaridan biriga ko‘ra, fevral oyi o‘rtalarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiylarning 2023-yil davomida Ukrainadagi urush uchun 400 ming qo‘shimcha askarni “jimgina yig‘ish” taklifini qo‘llab-quvvatlagan.

Bu ma’lumotlar “signal razvedka hisoboti”ga asoslangan bo‘lib, ya’ni u Rossiya harbiy amaldorlarining aloqalarini tinglash yo‘li bilan olingan.

G‘arb tadqiqotiga ko‘ra, Rossiya 2022-yilning fevralida 150 mingga yaqin askar bilan Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinni boshlagan. O‘tgan kuzda “umumiy safarbarlik” paytida 300 mingdan ortiq kishi urushga yollangan va yana 50 ming kishi “Vagner” tarkibida jang qilmoqda. 

Pentagonning internetga sizdirilgan maxfiy hujjatida Rossiya 189 500 dan 223 000 gacha odamni yo‘qotgani, ulardan 43 nafari halok bo‘lgani keltirilgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning kuzida qisman safarbarlik jangovar yoshdagi erkaklarning ommaviy ravishda mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo‘lib, mehnat resurslarini ham kamaytirgan. Shu sababli gubernatorlarning chaqiruv kampaniyalarni tashkil etishi, Rossiya qamoqxonalaridagi erkaklarni urushga yollashda davom etish rejalashtirilayotgani aytilmoqda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »