Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mudofaa vazirligida 26-aprel kuni Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni, general-mayor Ahmad Burxonov va Turkiya Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni armiya generali Atilla Gulan uchrashdi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, harbiy havo kuchlari sohasida hamkorlik, bu borada soha mutaxassislarining malakasini oshirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv so‘ngida tomonlar bir-biriga esdalik sovg‘alari topshirib, o‘zlarining tilaklarini bildirdi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida delegatsiya vakillari Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismda bo‘lib, qism faoliyati va ko‘rgazmali parvozlar bilan tanishdi. Atilla Gulan O‘zbekiston harbiy mutaxassislarining bilim va tajribalarini yuqori baholab, kelgusida soha yo‘nalishida tashkil etiladigan amaliy ishlar ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Turkiya harbiy delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda. Rejaga muvofiq, 27-aprel kuni delegatsiya vakillarining Qarshi shahridagi O‘zbekiston Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti faoliyati hamda Samarqand shahrining tarixiy obidalari bilan tanishishi ham ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »