Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Katta miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvga berilgan jinoyatchi Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Foto: Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi

Qayd etilishicha, Interpolning Varshava va Toshkent Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi faol saʼy-harakatlari natijasida 2022-yilning mart oyida Polshada Interpolning “Qizil xabarnomasi”ga aloqador shaxs sifatida hibsga olingan, huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik uchun qidiruvga berilgan jinoyatchi O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

Qidiruvdagi shaxs jabrlanuvchi Janubiy Koreyaga ishlash uchun chet elga chiqish niyatida ekanini bila turib, hujjatlarni rasmiylashtirish va mamlakatga kirishga ruxsat olish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qilgan va bu ishlar sarf-xarajat talab qilishini bildirgan. Shu tarzda, qisqa vaqt ichida firibgar bir necha kishilarni chuv tushirgan.

Jinoyatchi pullarni o‘zlashtirgan hamda vaʼdalarini bajarmagan holda chet davlatga qochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq O‘zbekiston va Polsha davlatlari MMB xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida qidiruvdagi shaxs aniqlandi va qo‘lga olingan.

“O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya to‘g‘risidagi so‘rovi qanoatlantirilgandan so‘ng, Interpol xodimlari hamrohligida shu kunlarda jinoyatchi O‘zbekistonga olib kelindi, uni oldinda adolatli sud kutmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ekstraditsiya holatlari

2023-yilning mart o‘rtalarida Latviyada o‘zini elchixona xodimi sifatida tanishtirib, odamlarni chuv tushirib yurgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, mart oxirlarida Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxsni ekstraditsiya qilish Shvetsiyadan birinchi marta amalga oshirildi.

Aprel boshida esa Moskva shahrida 13 yil oldin O‘zbekistonda sodir etgan jinoyati uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »