Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda havoning ifloslangani tufayli aholi orasida o‘lim darajasi oshib bormoqda. Bu haqda Qozog‘iston ekologik tashkilotlari assotsiatsiyasi rahbari Aygul Solovyeva xabar berdi.

Foto: 365info

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ifloslangan havoning inson salomatligiga ta’siri nafas olish qiyinlashishi, nafas qisilishi, yo‘tal, astma, yurak kasalliklari va o‘pka saratonining kuchayishida namoyon bo‘ladi.

Jahon bankining so‘nggi tadqiqotlariga ko‘ra, Qozog‘istonning to‘rtta viloyatida — Olmaota, Qarag‘anda, Pavlodar va Sharqiy Qozog‘istonda har yili havoning ifloslanishi quyidagi oqibatlarga olib keladi:

  • 1016 ta surunkali bronxit;
  • 2040 ta kasalxonaga yotqizish holati;
  • 40 400 ta shoshilinch tibbiy yordamga murojaat;
  • 2848 ta bevaqt o‘lim;
  • 2665 ta yurak-o‘pka kasalliklaridan o‘lim;
  • 183 ta o‘pka saratonidan o‘lim.

Mutaxassis fikricha, aholini sifatli va ishonchli ekologik axborot bilan ta’minlash atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanishi kerak.

Oxirgi besh yil davomida Olmaota, Ostona, Qarag‘anda, Jezqazg‘an va Temirtau shaharlarida havo ifloslanishining yuqori darajasi kuzatilmoqda. Qozog‘istonning konchilik poytaxti havosi eng ifloslangan shaharlar reytingida 23-o‘rinda bo‘lgan. Qarag‘andada havoning ifloslanish indeksi 77,8 ni tashkil qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »