Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansga a’zo davlatlarni qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga hamda zahiralarni tezroq to‘ldirishga chaqirdi. Bu alyansning tiyib turish qobilyati va mudofaasini kuchaytirib, unga Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etish imkonini beradi, deyiladi NATO matbuot xizmati xabarida.

Foto: Reuters

“Biz bugun oldinga qarab va tezroq siljish uchun shu yerdamiz”, — dedi Stoltenberg 26-aprel kuni NATO shtab-kvartirasida Milliy qurol-yarog‘ bo‘yicha direktorlar konferensiyasining (CNAD) ikki kunlik yig‘ilishini ochib berar ekan. Bosh kotib NATO salohiyatini talab darajasida oshirish va sanoat korxonalari bilan hamkorlikda ishlashning muhimligini qayd etgan.

Alyans matbuot xizmati ta’kidlaganidek, yiliga kamida ikki marta yig‘iladigan CNAD ishtirokchilarining vazifasi harbiy imkoniyatlarni oshirishda munosib hamkorlarni topish. Bu esa NATO kuchlarini eng ilg‘or imkoniyatlar bilan taʼminlaydi.

O‘tgan hafta Stoltenberg NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidlagan edi. “Biz rus bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashda va mamlakatingiz himoyasida siz bilan birgamiz. Ertaga o‘zingizni qayta tiklayotganingizda va Ukraina xalqining porloq kelajagi uchun mehnat qilayotganingizda ham yoningizda turamiz”, — dedi u Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan keyingi bayonotida.

20-may kuni Yens Stoltenberg kutilmagan tashrif bilan Kiyevga kelgandi

Iyul oyida Vilnyusda NATO sammiti bo‘lib o‘tadi. Alyansning ko‘plab aʼzolari ushbu yig‘ilishda Ukrainaga NATOga qo‘shilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni taqdim etish tarafdori. Shu bilan birga AQSH, Germaniya va Vengriya bunga qarshi ekanini bildirgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »