Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyatida noqonuniy yer oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro tumani “Gulshanobod” mahallasida yashovchi 50 yoshli X.T. Peshku tumani “Peshku” mahallasida yashovchi 42 yoshli J.Z.ni aldab, “Shergiron” mahallasida joylashgan 1,5 gektar bog‘ maydonini o‘ziga tegishli ekanini aytgan. U yerni hujjatlashtirib berish evaziga 42 ming AQSH dollari talab qilgan.

13-aprel kuni Buxoro viloyati IIB TQX JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.T. Buxoro shahar hududida joylashgan “Karvon bozori” yaqinida 10 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Shuningdek, Buxoro shahar “R.Hamroyev” mahallasida yashovchi 69 yoshli S.Q. 2023-yilning yanvar oyida tanishi Buxoro tumani “Rabot” mahallasida yashovchi 60 yoshli T.B. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgani aniqlangan.

U Buxoro tumani “Arabxona” mahallasida yashovchi 36 yoshli H.A. bilan Kogon tumani Guliston massivi hududida uchrashib, mazkur hududda joylashgan aslida o‘ziga tegishli bo‘lmagan, biror hujjatlarsiz foydalanib kelayotgan 3 gektar suv havzasi va 7 gektar beda ekilgan yer maydonini o‘ziga tegishli ekanini aytgan.  

Yerlarni H.A. nomiga qonuniy rasmiylashtirib berish evaziga 4 ming AQSH dollari talab qilib, kelishilgan puldan 1 000 dollarni olgan va uni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aprel boshlarida Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »