Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Ukrainaga qarshi urushda foydalanadigan Eronning Shahed 136 dronlari o‘g‘irlangan G‘arb texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqilgan. Bu haqda Britaniyaning qurol komponentlarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Conflict Armament Research (CAR) tashkilotiga tayanib, CNN xabar berdi.

Foto: CNN

Xususan, Eron tomonidan Rossiyaga sotilgan dronlar Germaniya texnologiyasi asosidagi dvigatel bilan jihozlangan. Texnologiya 20 yil oldin Tehron tomonidan noqonuniy ravishda qo‘lga kiritilgan va Shahed 136 dvigateli Buyuk Britaniya, AQSH va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostidagi Mado nomi bilan tanilgan Eronning Oje Parvaz Mado Nafar kompaniyasi tomonidan qayta ishlab chiqarilgan.

2022-yilning noyabridan joriy yilning martigacha CAR Ukrainada Eronda ishlab chiqarilgan 20 ta dron va o‘q-dorilarning tarkibiy qismlarini tekshirishga muvaffaq bo‘ldi, ularning yarmiga yaqini Shahed 136.

Tekshiruv davomida Shahed 136 dvigateli Eron kompaniyasi tomonidan qayta ishlab chiqilgani haqidagi dalil aniqlangan. Mado dron dvigatellarining dizayni shuni ko‘rsatadiki, Eron 20 yil oldin xalqaro sanksiyalar davrida o‘zining dron va raketalari uchun G‘arb texnologiyasini qo‘lga kiritishga qattiq harakat qilgan.

2006-yilda Eron Germaniyaning Limbach Flugmotoren kompaniyasidan noqonuniy ravishda dron dvigatellarini qo‘lga kiritgan. Uch yil o‘tgach, Yusuf Abutalebiy ismli eronlik muhandis uning Mado kompaniyasi dron dvigatelini yaratganini e’lon qilgan.

Eron kompaniyasi Shahed dronlarini yaratishdagi rolini yashirishga harakat qilgan bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar Ukrainada topilgan dronlarning tarkibiy qismlarining asl seriya raqamlari o‘chirilganini aniqladi. Bu dronlarning kelib chiqishini yashirish maqsadida amalga oshirilgani aytilmoqda.

Foto: CNN

Eron tomonidan qo‘lga kiritilgan va nusxasi ko‘chirilgan boshqa G‘arb komponentlari orasida Chexiyada ishlab chiqarilgan dvigatel mavjud. U Eronning Heidar-2 raketasiga o‘rnatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »