Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pgina mashhurlar o‘z qomatiga, tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor qaratadi. Biroq kasbiy faoliyat bilan bog‘liq ayrim holatlar: tez-tez gastrol safarlarida bo‘lish, konsert dasturlarida ishtirok etish ularda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. The Voice nashri dunyoga mashhur xonandalar o‘z konsert dasturiga qanday tayyorgarlik ko‘rishi haqida ma’lumot berdi.

Selena Gomes

Xonanda sabzavot va oqsilli kokteylni juda yaxshi ko‘radi. Uning sevimli taomlarimdan biri — sabzavotli jigarrang guruch, avokado, shuningdek, greypfurtli tovuq filesidan tayyorlangan salat. Selena Gomes ko‘p suv va ko‘k choy ichadi, uning menejeri esa ichimliklar tugab qolmasligiga javobgar hisoblanadi.

Foto: “Yandeks.ru” 

Demi Lovato

Xonanda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni to‘xtatmoqchi bo‘lgan yoki hayotini yaxshilashni istagan insonlar uchun bepul psixoterapiya mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Boshqalarga yordam berish unga energiya beradi.

Demi sport bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi: “Men konsertni mashg‘ulotim deb hisoblayman, boshqa kunlarda ertalab va kechqurun ikkita kichik mashg‘ulot o‘tkazaman”, — deydi xonanda.

Foto: “Yandeks.ru” 

Britni Spirs

Britni Spirs dastlab mehmonxonalarga ko‘nikish muammosini boshdan kechirdi: “Ular orasida harakat qilish uchun, har kuni ikki soat yoga bilan shug‘ullanaman va bu kichik narsalarga e’tibor bermayman”, — deydi xonanda.

Foto: “Yandeks.ru”

Beyonse

Xonanda sahnada o‘zini yaxshi his qilishi va charchamasligi uchun yugurishni, boks bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Bundan tashqari, murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, stretching unga juda yordam beradi. Mashqdan so‘ng, Beyonse oqsil kukuni, ismaloq, rezavor mevalar va kokos sutidan tayyorlanadigan ichimlikni ichadi.

Foto: “Yandeks.ru”

Ledi Gaga

Xonanda konsert gastrollari davomida to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilishni yoqtiradi, u sabzavotli chipslar, tofu, kurka go‘shtini iste’mol qiladi va kokos suvini ichadi. Ledi Gaga konsert oldidan bir stakan oq sharob ichishi mumkin. Xonanda qomatini saqlab qolish uchun quvvatlantiruvchi mashqlar va TRX mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi.

Foto: “Yandeks.ru” 

Pink

Xonanda Pink tur davomida kokos suvi, avokado, rezavor mevalar va zig‘ir urug‘i yog‘i bilan smetana ichadi. U ham to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiladi.

Shuningdek xonanda juda ko‘p mashq qiladi: “Konsertlarim jismoniy kuch talab qiladi va gastrol davomida men haftasiga besh marta mashq qilaman. Namoyishdan oldin raqqoslar bilan bir soatlik kardiomashqlar va yoga bilan shug‘ullanaman. Ha, bu juda ko‘p. Ba’zan o‘zimni sportchiman deb o‘ylayman”, — deydi xonanda.

Foto: “Yandeks.ru”

Jennifer Lopez

Xonanda mashg‘ulotlarni yaxshi ko‘radi va barcha mushaklarini ishlatishga harakat qiladi. Jennifer Lopez to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiladi va ovqatlanish tartibini sinchkovlik bilan kuzatib boradi. “Sport bilan shug‘ullanish va ovqatlanadigan narsalarga e’tibor berish kerak. Bu ish”, — deydi xonanda.

Foto: “Yandeks.ru”

Ariana Grande

Xonanda kuniga kamida 12 ming qadam ko‘chada yoki yugurish yo‘lakchasida piyoda yurish orqali sog‘lom bo‘lishga harakat qiladi. Ariananing aytishicha, u uchun bu boshqa mashqlarga qaraganda samaraliroq. Xonanda ovqatlanishiga e’tibor beradi. U ham vegetarian hisoblanadi.

Foto: “Yandeks.ru”

Teylor Svift

Xonanda yugurishni yaxshi ko‘radi va turlarda ishtirok etayotgan vaqt o‘sha shahardagi fitnes klubiga borishga harakat qiladi. U ish kunlarida to‘g‘ri ovqatlanishga harakat qiladi va dam olish kunlarida dam oladi: “Men burger, fri, muzqaymoq, pechenye va umuman har qanday shirinliklarni tayyorlashni yaxshi ko‘raman”, — deydi xonanda.

Foto: “Yandeks.ru”

Kerri Andervud

Xonandaning alohida mobil sport zali bor. Bu yerda yugurish yo‘lakchasi, elliptik, oyoq pressi, gimnastika skameykasi, shtangalar va boshqa jihozlar o‘rnatilgan. Murabbiyning aytishicha, xonanda sakrash va boksni yaxshi ko‘radi.

Bundan tashqari, u ovqatlanish bo‘yicha kundalik yuritadi: “Men juda ko‘p ovqatlana olaman, shuning uchun parhezimni kuzatishim kerak”, — deydi xonanda. Kerri ham vegetarian.

Foto: “Yandeks.ru”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »