Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina hududining qariyb 30 foizi — 174 ming kvadrat kilometri minalangan bo‘lishi mumkin, chunki shuncha maydonda shiddatli jangovar harakatlar bo‘lib o‘tgan. Globsec tahlil markazining hisobotiga ko‘ra, bu hududlar Rossiya bosqinchi kuchlari tomonidan qoldirilgan portlovchi moddalardan tozalanishga muhtoj.

Foto: AFP

Markaz ekspertlarining fikricha, Ukraina Afg‘oniston va Suriyani ortda qoldirib, dunyodagi eng katta minalangan hududga aylandi. Ayni paytda, Ukrainaning ko‘plab minalangan hududlarini o‘rganish va hatto ularga kirish qiyinligicha qolmoqda, mamlakat hududining taxminan 18 foizi ishg‘ol ostida.

Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar — Xarkov va Xerson viloyatlari

Tahlilchilarga ko‘ra, eng ko‘p minalangan hududlar Ukraina qo‘shinlari tomonidan qaytarib olingan Xarkov va Xerson viloyatlaridir, chunki “rus askarlari u yerda uzoqroq vaqt bo‘lgan”. Shu bilan birga, minalardan tozalash muammosining xarakteri 2022-yil fevral oyida Rossiya bosqini boshlanishidan oldingi vaziyatdan farq qiladi, deb yozgan hisobot mualliflari. Ular og‘irroq va uzoqroq kechgan harbiy harakatlarga, potensial ifloslanish maydonining 10 baravar ko‘payishiga, shuningdek, hozir ancha keng doirada ishlatilayotgan o‘q-dorilarga ishora qilgan.

Hisobotda aytilishicha, Rossiya kuchlari hayvonlar va jasadlarga faollashtirilgan minalar o‘rnatmoqda, yo‘llar, dalalar va o‘rmonlarda ikkitalik va uchtalik mini-tuzoqlarni qoldiryapti. Qolaversa, ular qishloq xo‘jaligiga oid maydonlar va yerlarni ataylab minalab, foydalanishga yaroqsiz holga keltirmoqda.

Hozircha Ukrainada minalardan tozalash ishlari juda sekin sur’atda ketmoqda, deydi Globsec. 2015-yilning fevralidan beri Donetsk va Lugansk viloyatlarida 16 ming kvadrat kilometr maydon minalardan tozalanishga muhtoj, shundan 7 000 kvadrat kilometr — Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan hududlar. Shu bilan birga, 2015—2021-yillarda minalardan tozalangan hududlarning haqiqiy hajmi atigi 414,56 kvadrat kilometrni tashkil etgan. Bu potensial minalangan maydonlarning atigi 2,5 foizini tashkil qiladi.

Globsec ta’kidlashicha, Ukrainada 500 ga yaqin turli minalardan tozalash guruhlari ishlamoqda, ularga 5 000 ga yaqin harbiy muhandis va sapyorlar jalb etilgan. 4 700 kvadrat kilometr maydonni tozalash uchun ularga taxminan 20 yil kerak bo‘ladi. Agar 174 ming kvadrat kilometr maydonni o‘q-dorilardan tozalash kerakligi hisobga olinsa, unda hozir ishlayotgan mutaxassislarga buning uchun 757 yil kerak bo‘ladi, deydi mutaxassislar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »