Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Ozarbayjonning “Haqqin.az” nashriga Markaziy Osiyo davlatlariga bag‘ishlangan va ularga murojaati aks etgan maqola yozdi. Maqolani Daily Sabah gazetasi ingliz tilida, “Gazeta.uz” o‘zbek tilida e’lon qildi.

Andrey Yermak
Foto: Ukraina prezidenti ofisi

O‘z mulohazalarida Andrey Yermak Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi 2014-yilgacha bo‘lgan munosabatlar hamda Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari o‘rtasidagi o‘xshashliklarni keltirib, metropoliya ta’siridan chiqib ketmoqchi bo‘lgan davlat yuqori narx to‘lashga majbur bo‘layotganini qayd etadi.

“Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi xalqaro munosabatlarni Rossiya bosqinchilik huquqidan foydalangan holda ‘Yevropa konserti’ning yetakchi ‘dirijyori’ bo‘lib, Markaziy Osiyoda ‘Katta o‘yin’ni muvaffaqiyatli o‘ynagan XIX asrga qaytarishga qaratilgan yana bir qadam bo‘ldi”, — deb yozadi Andrey Yermak.

Uning ta’kidlashicha, Shimoliy Qora dengiz, Kaspiy dengizi orqali o‘tuvchi hamda Oltoyda joylashgan Shimol va Janubni ajratish chizig‘i hali ham Kreml rejalarini amalga oshirish kaliti bo‘lib qolmoqda. “To‘g‘rirog‘i, bu rus imperatorlik siyosatining ustuni edi”, — deydi u.

Biroq, uning ta’kidlashicha, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mustaqil davlat qurilishini tiklagan xalqlar uchun Rossiya o‘zining mintaqaviy tortishish markazi sifatidagi jozibasini yo‘qotgan.

“Hech bo‘lmaganda u qo‘shnilariga teng huquqli sheriklikni ta’minlaydigan va Rossiyaning asosiy yoki hatto yagona foyda oluvchi pozitsiyasini egallashiga yo‘l qo‘ymaydigan biron bir integratsiya loyihasini taklif qila olmadi va bunga urinmadi ham. MDH, KXSHT, Yevrosiyo Ittifoqi — bularning barchasi ko‘p tomonlama hamkorlikning barcha formatlari hozirgi ko‘rinishida ushbu eksklyuzivlikni saqlashga qaratilgan”, — deya ta’kidlaydi Ukraina prezidenti ofisining rahbari.

Andrey Yermakning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari uchun tarixan ko‘p vektorli yondashuv tashqi dunyo bilan muloqot qilishning tabiiy usuli hisoblanadi. “Ukraina ham toki Rossiyaning imperatorlik shafqatsizligi uni yakuniy tanlov qilishga majburlamaguncha ko‘p vektorli bo‘lishga intilib kelgan”, — deb yozadi u.

“Moskvaning ambitsiyalariga nisbatan iltifot ko‘rsatilmagani sababli uning hududiy da’volariga faqatgina ukrainaliklar to‘qnash kelayotgani yo‘q. Birinchisini ham, ikkinchisini ham Qozog‘istondagi do‘stlarimiz yaxshi bilishadi. Ukrainaliklar ham, o‘zbeklar ham qishning qahratonida gaz shantajini boshdan kechirdi. Xuddi Kiyev kabi Bishkek ham Kreml gumashtalarining ekstraditsiya qilinishi va sud qilinish imkoniyati qanchalik kamligini yaxshi biladi. Dushanbe ham, Ukraina Qrimi ham Rossiya harbiy bazasi qanday kuchli bosim vositasi ekanini biladi. Qolaversa, Ashxobod viloyatidagi naslchilik fermasi ham, ‘Bucha’ ot sporti klubi egasi ham poyga otlarining qotillari munosib jazolanishi borasida hamfikr deb hisoblayman”, — deb yozadi Andrey Yermak.

Prezident ofisi rahbari, shuningdek, “Mosvkaning shunday odati borligi, u Rossiya ishtirokisiz yaratilgan logistika va energetika transporti loyihalarining barchasiga go‘r qazib, ko‘mib yuborishi haqidagi hazilni qadimiy Ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlar aholisining hech biriga izohlash shart emas”ligini ta’kidladi.

“Ukraina va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ko‘ringandan ham ko‘proq umumiylik bor”, — deya ta’kidladi Andrey Yermak. U BMTda Ukraina rezolyutsiyalariga ovoz bergani uchun mintaqa davlatlariga minnatdorlik bildirdi. “Tushunamiz, ma’lum sharoitlarda hatto ‘betaraf’ bo‘lish ham jasoratni namoyon qiladi, tizimli ‘ha’ ovozi haqida gapirmasa ham bo‘ladi”, — ta’kidladi muallif.

Andrey Yermakning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi voqealar haqidagi ma’lumotlar ko‘pincha mintaqa davlatlariga “o‘z axborot maydonida Rossiyaning ishtiroki ko‘pligi tufayli katta buzilishlar bilan” yetkazilmoqda. 

“Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar, Rossiya propagandasi tomonidan talqin etilganidek, Moskva va Vashington o‘rtasidagi bevosita nizo emas. Biz odamlarmiz, proksilar (kompyuter serveri) emas. Bu urushda hamma narsa oddiy: tajovuzkor ham bor, tajovuz qurboni ham bor. Jabrlanuvchi barcha mavjud vositalar bilan himoyalanish, xususan, chet elda yordam izlash huquqiga ega. Ammo Rossiya ‘buyuklik’ga berilib ketmaganida edi, bizga bu kerak bo‘lmasdi. Zamonaviy dunyoda buyuklik zabt etish bilan emas, tibbiyot darajasi, ta’lim sifati, ilg‘or texnologiyalar bilan o‘lchanadi. Biroq o‘tmishdagi odamlar buni tushuna olmaydi”, — ta’kidladi u.

Ukraina prezidenti ofisi rahbarining qayd etishicha, harbiy tajovuz va sanksiyalar natijasida Rossiya qudratli davlatlar ligasidagi o‘z o‘rnini yo‘qotgan. “Bu xalqaro xavfsizlik tizimining yanada tanazzulga uchrashini anglatadi. Ayniqsa, Markaziy Osiyoda. Moskva o‘zining uzoq yillik hakamlik rolini saqlab qolish uchun mintaqadagi integratsiya jarayonlariga doimiy ravishda aralashib kelmoqda. Etnik xaritalarni hisobga olmagan holda chegaralarni bunday chizish imperatorlik amaliyotining davomidan boshqa narsa emas”, — tushuntirdi Yermak.

Muallif Rossiya afg‘on toliblarini hanuzgacha terrorchi tashkilot deb ataganiga qaramay, ular bilan yaqin aloqalar o‘rnatganiga e’tibor qaratadi. “Rossiya qayta-qayta reket strategiyasiga murojaat qiladi: Kreml muammo yaratishga intiladi va keyin uni hal qilish uchun o‘zining (odatga ko‘ra, muqobil bo‘lmagan va juda qimmat) xizmatlarini taklif qiladi”, — dedi u.

Andrey Yermak Ukraina qoidalarga hamma birdek bo‘ysunib yashaydigan dunyoni tiklash uchun kurashayotganini ta’kidladi.

“Biz nafaqat oliy geosiyosiy liga a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydigan xalqaro munosabatlar tizimini yaratishga intilamiz. Biz o‘z kelajagini belgilash huquqi samarali xavfsizlik mexanizmlari bilan kafolatlangan va tajovuzkor majburiy ravishda jazolanadigan xavfsiz dunyoga intilamiz”, — deb yozadi u.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Rossiyaning “Ukrainada zaiflashgan” harbiy qudratini tiklashga urinishlariga to‘sqinlik qilayotgan barcha davlatlarga, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlariga minnatdorlik bildirdi va maqola oxirida o‘z nomidan uning mamlakati “xalqaro munosabatlarni isloh qilish uchun ochiq platforma” bo‘lishini taklif qildi.

“Agar Markaziy Osiyo davlatlari umumiy manfaatlar uchun yangi, yanada adolatli va xavfsiz dunyo tartibi homiylari safiga qo‘shilsa, biz minnatdor bo‘lar edik”, — deya xulosa qildi Andrey Yermak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »