Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga sanksiyalangan mahsulotlarni reeksport qiluvchi mamlakatlarga eksport cheklovlari joriy etish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda The Financial Times xabar berdi.

Foto: AP Photo

Gazeta suhbatdoshiga ko‘ra, Yevrokomissiya tor doiradagi tovarlarni ayrim uchinchi davlatlarga sotishni cheklash imkonini beruvchi huquqiy mexanizmni o‘rganib chiqqan.

“Shunday qilib, komissiya sanksiyalangan mahsulotlarning Rossiyaga tushishiga va ularning urushdagi harakatlarga yordamlashishga imkon bergan bo‘shliqlarni yopmoqchi”, — deyiladi xabarda.

Yevroittifoq avvalo mahsulotlar va sanksiyaga rioya qilmayotgan mamlakatlarni nomlarini ko‘rsatmasdan aniqlash imkonini beruvchi huquqiy bazani ishlab chiqadi. Mazkur davlatlar tegishli tartibda ogohlantirilganidan so‘ng Bryussel eksport nazoratiga mahsulot va davlat nomlarini qo‘shishi mumkin.

Mazkur ma’lumotlar bilan xabardor manbalarning qayd etishicha, bu g‘oya Yevrokomissiya va Yevropa Ittifoqining yuqori martabali diplomatlari o‘rtasida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketini tayyorlash jarayonida muhokama qilingan.

Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari bunday cheklovlarning mumkin bo‘lgan oqibatlaridan norozi, ular bu uchinchi davlatlar bilan munosabatlarga ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda.

“YI g‘oyasi Bryussel sanksiyalarni chetlab o‘tayotgan Turkiya, BAA va Markaziy Osiyo davlatlariga yanada qattiqroq choralar ko‘rishga ishontirishga uringanidan keyin paydo bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Yevropa Ittifoqi taklif qilingan cheklovlarni kelasi hafta muhokama qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »