Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Tayvan atrofidagi vaziyatni “o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan” beshta suvosti dronini sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda AQSH Harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i admiral Maykl Gildey AQSH Kongressi Vakillar palatasining Qurolli kuchlar qo‘mitasidagi tinglovda ma’lum qildi.

Foto: EPA

Admiralning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Kaliforniya qirg‘oqlarida ilk suvosti apparati sinovdan o‘tkazilmoqda, undan keyin yana beshtasi sinovdan o‘tkaziladi.

“Bunday qurilma yordamida minalarni o‘rnatish mumkin. Bu esa Tayvan atrofidagi vaziyatni tubdan o‘zgartiradi”, — dedi Gildey.

Shu tariqa u kongressmenlardan birining “AQSH arsenalida Xitoyning Tayvanga bostirib kirishining oldini olish uchun hozir foydalanish yoki modernizatsiya qilish mumkin bo‘lgan vositalar bormi” degan savoliga javob berdi.

28-aprel kuni Xitoy armiyasi Tayvan tomon 38 ta qiruvchi samolyot va jangovar dron uchirgani haqida xabar berildi.

Avvalroq Tayvan Xitoyning ehtimoliy bosqiniga qarshi turish uchun AQSHdan 400 tagacha Harpoon kemaga qarshi raketalarni sotib olayotgani ma’lum bo‘lgandi. Pentagon ushbu raketalarni yetkazib berish uchun Boeing kompaniyasi bilan 1,7 milliard dollarlik shartnoma imzolagan. Shartnoma AQSH va Xitoy o‘rtasidagi yuqori keskinlik davrida amalga oshirildi. Tayvan keskinlikning asosiy manbai hisoblanadi.

Tayvan 1949-yilda Xitoydan mustaqilligini e’lon qilgan. Pekin hamon orolni o‘zining separatist viloyati deb biladi. Biroq Taypey XXR taklif qilgan “Bir davlat, ikki tizim” modelini rad etib keladi.

Xitoy milliy mudofaa strategiyasini aks ettiruvchi Oq kitobida qayta birlashishga qaratilgan tinchlik sa’y-harakatlarida o‘sish bo‘lmasa, Tayvan muammosini kuch bilan hal qilishni istisno etmagan. Xususan, tashqi kuchlar va orol davlatning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchilarning ehtimoliy aralashuvi bilan bunday qaror qabul qilinishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »