Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

90-yillar o‘rtalarida rejissor Shexar Kapur o‘zining bo‘lajak filmi — “Hammasi yaxshi bo‘ladi”ning kastingida do‘sti bilan birga kelgan yosh qizni ko‘rib qoladi. O‘sha paytda Ritik Roshan bosh rolga tayinlangan va unga partnyor qidirilayotgan edi.

Foto: Getty Images

Direktorning e’tiborini tortgan bu qiz — go‘zal Priti Zinta edi. Shekhar unga yaqinlashib, ikkilanmasdan bosh rolga taklif qiladi. “Menda nimani payqaganini bilmayman, — deb eslaydi Priti. — Menimcha, o‘shanda ajoyib qiz kabi ko‘rinishni xohlagan bo‘lsam kerak. Lekin cho‘ntagimdan tanga chiqarib, unga shunday dedim: “Bilasizmi, men aktrisa emasman. Ammo bu taqdir bo‘lsa-chi? Hozir tanga tashlayman, agar o‘ng tomoni tushsa, filmingizda o‘ynashga roziman. Agar teskari tushsa, mendan xafa bo‘lmaysiz”.

Foto: Getty Images

Oddiy tanga qizning taqdirini bir umrga o‘zgartirib yuboradi. Biroq film suratga olinmaydi. Yillar o‘tib, bu loyiha boshqa rejissor va boshqa aktyorlar tarkibi — Saif Ali Xon va Rani Mukerji bilan boshlandi. Kapur Pritini rejissor Mani Ratnamga tavsiya qiladi, qiz “Bir ko‘rishdagi sevgi” (1998) romantik trillerida kichik rol ijro etadi.

Foto: Getty Images

Priti Zinta 1975-yil 31-yanvarda Shimla shahrida armiya ofitseri oilasida tug‘ilgan. Hindistondagi armiya mamlakatdagi eng intellektual va dunyoviy jamoalardan biri hisoblanadi. Harbiylarning bolalari oilasi boy bo‘lmasa-da, butun Hindiston bo‘ylab sayohat qilishadi, juda yaxshi maktablarda o‘qishadi va ajoyib uylarda yashashadi.

Foto: Getty Images

Oddiy ota-onalar qiziga kinosanoatda ishlashga ruxsat berishmasdi. Aktrisalik hind qizlari shug‘ullanadigan kasb emas, deb hisoblashgan. Qomatingizni ekranda ko‘rsatishingiz, turmush qurishdan oldin ishlashingiz, turli odamlar bilan muloqot qilishingiz kerak, har doim ham bunga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishmagan.

Foto: Getty Images

Odatda Bollivud aktrisalari juda boy (shuning uchun ularning ota-onalari nima bo‘lishidan qat’i nazar, ular xavfsiz bo‘lishlarini bilishadi, chunki ularni pul himoya qiladi) yoki aktyorlar oilasidan bo‘lishadi. Pritining kinoga hech qanday aloqasi yo‘q edi, lekin o‘ziga ishonardi, shuning uchun ham kinoga qo‘rqmasdan qadam qo‘ydi.

Foto: Getty Images

U kamera oldida o‘zini tutish tajribasiga ega edi. Kollejda o‘qib yurganida uni kasting agenti payqab qoladi va reklamada rol o‘ynashni taklif qiladi. Reklama darhol xitga aylanadi va hamma Pritining kulgichlariga maftun bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Yosh sohibjamolning birinchi filmi uni darhol boshqa aktrisalardan farqlaydi. U dadil obrazlari tufayli aktrisalik obro‘sini buzishdan yoki rollarini yo‘qotishdan qo‘rqmasdi. Hayot allaqachon uni shu qadar jasur qilgandiki, Priti hech narsadan qo‘rqmasdi. U Shimla shahrida ota-onasi va ikkita ukasi bilan katta bo‘lgandi.

Foto: Getty Images

13 yoshida ota-onasi dahshatli avtohalokatga uchraydi va Priti otasidan judo bo‘ladi. Onasi esa uzoq vaqt to‘shakka mixlanib qoladi. Shundan so‘ng Priti va ukalari faqat o‘zlariga tayanib, o‘zlari katta bo‘lishadi.

Foto: Getty Images

Aktrisaning filmdagi rollari o‘zi kabi jasur va o‘ziga xosdir. Uning ko‘plab qahramonlari intiluvchan va mustaqil ravishda muvaffaqiyatli karyera quradi. Tez orada unga o‘xshashni istagan qizlar sodiq muxlislariga aylanadi.

Foto: Getty Images

Pritining yigitlar bilan bo‘lgan munosabatlarida omadi unchalik yurishmaydi. Uning birinchi yigiti promouter va moda sanoati vakili — Mark Robinson edi. Markning o‘zi dastlab modellik qilgan, keyin esa moda haftaliklari va “Hindiston go‘zali” kabi tadbirlarni tashkil etadi. Mark qizdan 10 yosh katta edi va ularning munosabatlari bir yildan sal ko‘proq davom etadi.

Foto: Getty Images

Ajrashgandan so‘ng bir necha yil yolg‘iz qolgan aktrisa umr yo‘ldosh topishga shoshilmaydi. 2005-yilda Zinta biznesmen Ness Vadiya bilan uchrasha boshlaydi. Ness undan atigi 4 yosh katta bo‘lib, juftlikning o‘xshash jihatlari ko‘p edi. Ular IPL franshizasi va kriket jamoasini sotib olish uchun foydalangan umumiy korporatsiyani tashkil qilib, biznes sheriklarga aylanishadi. Ularni birga ko‘rish odatiy hol edi va ular juda baxtli ko‘rinishardi.

Foto: Getty Images

Va kutilmaganda 2009-yilda Priti va Ness ajralishadi. Bundan tashqari, aktrisa Garvardda biznes kursida o‘qish uchun Bostonga ko‘chib o‘tayotganini e'lon qiladi.

Shundan so‘ng Priti besh yilga mamlakatni tark etdi. 2014-yilda esa Priti Ness Vadiyaning ustidan maishiy zo‘ravonlik va ​​haqorat uchun politsiyaga ariza berganida uning ismi yana matbuot sahifalaridan tushmay qoladi.

Foto: Getty Images

U Hindistonga o‘zining prodyuserlik kompaniyasi va o‘zi suratga olgan “Parijdagi sevgi” filmi bilan qaytadi, afsuski, film kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ammo bu Pritining bir necha yil davomida yo‘q bo‘lganidan keyin deyarli 40 yoshida sohaga qaytishga juda dadil urinishi edi.

Foto: Getty Images

Kriket o‘yinlaridan birida Pritining sobiq eri unga tashlanib qoladi, bu safar aktrisa politsiyaga shikoyat qiladi. Zinta tomonida faqat bitta guvoh bor edi, uning mehmoni bo‘lgan "amerikalik" (ommaviy axborot vositalarida aytilishicha). Boshqalar esa sirli ravishda hech narsani ko‘rmagan yoki Ness tomonida bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Ikki yil o‘tgach, Priti o‘zini himoya qilgan o‘sha “amerikalik”ka turmushga chiqadi. Jin Gudenaf — Los-Anjeleslik boshqaruvchi, ukasining do‘sti edi. Ular Amerikada kichik oilaviy marosimda turmush qurishadi. Shundan so‘ng Bombeyda katta ziyofat bo‘lib o‘tadi.

Foto: Getty Images

Ko‘pchilik bunday deb o‘ylamaydi, lekin Priti Zinta haqiqatan ham zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan. U ozod bo‘lish uchun kinoni tark etishga majbur bo‘ldi. U karyerasini, Bombeydagi do‘stlarini va shon-shuhratini tashlab ketdi. U Nessning haqoratli xatti-harakatlariga uzoq vaqt toqat qildi. Amerikaga ketgan Zinta o‘zini sevadigan odamni topdi, turmushga chiqdi.

Foto: Getty Images

2021-yil noyabr oyida er-xotin egizaklar Jay va Jiyani surrogatlik orqali dunyoga keltirishdi. Priti hozirgacha chaqaloqlarning yuzlarini ko‘rsatmagan. Priyanka Chopra va Bipasha Basu ham anchadan beri qizlarini ko‘rsatmayotgan edi, biroq yaqinda yoqimli suratlar bilan bo‘lishishdi.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »