Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ilhom Qilichxonov Toshkent viloyatining Nurafshon shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Mazkur xabarni Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov ham tasdiqladi.

Ilhom Qilichxonov tayinlovga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari shahar kengashida prezident tadbirkorlarga keng imkoniyat yaratayotganini, bunday paytda hokimlar ham tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashi lozimligini uqtirib, “hudud hokimlarining tadbirkorga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib aka degani 10 ta ish o‘rni yaratiladi degani”, dedi.

Nurafshon shahri hokimlari

2019-yilda Nurafshon shahri hokimi Usmon Hakimov Olmaliq shahri hokimi etib tayinlangan edi. Ko‘p o‘tmay uning o‘rniga “Toshuyjoy LITI” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan Qahramon Hakimov tayinlangan

2020-yilda ijtimoiy tarmoqlarda Qahramon Hakimovning tug‘ilgan kuniga atab tayyorlangani aytilgan, bir guruh yigitlar tomonidan kuylangan qo‘shiq tarqalgandi. Jo‘shib qo‘shiq aytgan yoshlar shu hokim davrida Nurafshon o‘zgacha qiyofa kasb etganini madh etgan. 2021-yil yanvar boshida u lavozimidan ozod etildi.

2021-yil yanvarida esa sobiq uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Soliyev Nurafshon hokimi etib tayinlangandi. 2023-yilning aprel boshlarida Muzaffar Soliyev ishdan olingani ma’lum bo‘ldi. “Kun.uz” manbasiga ko‘ra, Soliyev uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri lavozimidagi faoliyati bilan bog‘liq ish yuzasidan tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »