Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilning yanvar—mart oylarida O‘zbekistondagi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha ish haqi miqdorlari ma’lum qilindi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi — moliya va sug‘urta sohasiga to‘g‘ri keladi (11 mln so‘m).

Ushbu faoliyat turi bo‘yicha moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va sug‘urtalash bo‘yicha yordamchi faoliyatda yuqori ko‘rsatkich (16,2 mln so‘m) qayd etildi.

Eng past ko‘rsatkich esa sug‘urtalash va nafaqa ta’minotidan tashqari moliyaviy xizmatlar sohasida (10,9 mln so‘m) kuzatildi.

Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 9,3 mln so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, tashish va saqlash sohasida bu qiymat 6,2 mln so‘mni tashkil etadi.

Sohaning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlarda (16,5 mln so‘m), eng past ko‘rsatkich esa noshirlik faoliyatida (7,5 mln so‘m) kuzatildi.

Sanoat sohasida o‘rtacha hisoblangan nominal ish haqi 5,1 mln so‘mni tashkil qilib, to‘rtinchi o‘rinni egallamoqda.

Sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (7,6 mln so‘m), elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (6 mln so‘m) hamda ishlab chiqarish sanoatida (4,9 mln so‘m) kuzatildi.

Qurilish sohasida bu mablag‘ 5,1 mln so‘mga teng hisoblangan bo‘lsa, savdoda o‘rtacha hisoblangan ish haqi — 4,5 mln so‘m.

Sohalar bo‘yicha ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida eng kam o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi.
2023-yilning birinchi choragida ta’lim sohasi uchun o‘rtacha oylik ish haqi — 2,9 mln so‘m hisoblangan. 

Ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’limda (6,9 mln so‘m), eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’limda (1,6 mln so‘m) kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda o‘rtacha oylik ish haqi 2,7 mln so‘mga teng deb belgilangan.

Ushbu sohada o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (3,3 mln so‘m), Qoraqalpog‘istonda (3 mln so‘m) hamda Xorazm viloyatida (3 mln so‘m) kuzatildi.

Mavzuga doir
Izoh

Nozimjon Ismoilov

02.05.2023, 08:52

Suv xo'jaligini oyligi ham past nega yozilmagan

Shohruh Obidov

01.05.2023, 20:16

Oqituvchi maqomi togrisida qonun bir ovozdan maqullandi. Afsuski, bu qonun oqotuvchini maqomi kotaradigan bandni kormadim. Bir dengizchidan ahvollar qalay desa, chokayapmiz degan ekan. Men oqituvchi olaroq, faqat ishimizdan savob umid qilib qolaman. Ta'LIM tizimimiz oldinga siljishi uchun qabul qilingan qaror nomigagina qabul qilingan holos

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »