Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘oniston Inson huquqlari komissiyasining ishonchli manbalari “Tolibon”ning ikki jangarisi G‘ur viloyatida homilador yosh ayolni otib o‘ldirganini ma’lum qildi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.

Foto: Getty Images

Komissiyaning ta’kidlashicha, “Tolibon” yetakchilari o‘z xalqiga nisbatan “shafqatsiz va g‘ayriinsoniy yondashuv” uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Ayolning ismi Zarmina bo‘lib, 27-aprelga o‘tar kechasi Firuzko‘h shahrining “Sadsiya” mahallasidagi uyida o‘ldirilgan.

Inson huquqlari komissiyasi Zarmina ikki “Tolibon” tomonidan o‘ldirilgani, ulardan biri G‘urdagi “Tolibon” qo‘mondonlaridan birining o‘g‘li mulla Quddus ekanini aytdi. Ikki qurollangan jangari 25 yoshli ayolni zo‘rlamoqchi bo‘lgan, ayol ularga qarshilik ko‘rsatib baqirgan. Shundan keyin mulla Quddus tomonidan jabrlanuvchi otib tashlangan.

Komissiyaning qo‘shimcha qilishicha, qurollangan “Tolibon” avval ham turli vaziyatlarda “qizlar va yosh ayollarni majburan turmushga bergan yoki jinsiy aloqaga undagan”.

“Doimiy ravishda xalqning hayoti va ruhiy xavfsizligini ta’minlash zarurligini ta’kidlagan ‘Tolibon’ yetakchilari va vakillari afg‘on xalqiga, milliy va xalqaro inson huquqlari tuzilmalari oldida g‘ayriinsoniy yondashuvlari yuzasidan javob berishi kerak”, — deyiladi Inson huquqlari bo‘yicha komissiya hisobotida.

Komissiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti va xalqaro hamjamiyatdan “Tolibonning bunday g‘ayriinsoniy xatti-harakatlari”ni inson huquqlari buzilishi va ayniqsa, ayollar huquqlari buzilishining yaqqol misollari sifatida o‘rganish va tahlil qilishni so‘radi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »