Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda hududlar bo‘yicha korxona va tashkilotlar xodimlarining o‘rtacha oylik maoshi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar—mart oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi  4 092 100 so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning shu davriga nisbatan 19,7 foizga ko‘p. 

2023-yilning birinchi choragida hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga tegishli bo‘lgan — 6,6 mln so‘m. Bu summa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,6 foizga oshgan.

Keyingi eng yaxshi maoshlar Navoiyda bo‘lib, o‘rtacha ish haqi 5,5 mln so‘m bo‘lgan. O‘sish — 15,4 foiz.

Uchinchi pog‘onada Toshkent viloyati qayd etilgan. Viloyatda 2023-yilning birinchi choragida aholiga to‘lanadigan o‘rtacha oylik ish haqi 4,1 mln so‘m bo‘lgan.

Jadval: “Daryo”

2023-yilning birinchi choragida eng kam o‘rtacha oylik ish haqi Farg‘ona viloyatida qayd etilgan. Viloyatdagi korxona va tashkilotlar xodimlariga o‘rtacha 3,1 mln so‘m maosh to‘langan.

Bu ko‘rsatkich Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Namangan viloyatlarida ham 3,1 mln so‘m atrofida bo‘lib turibdi. 

O‘tgan yilga nisbatan eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida qayd etilgan — 26,6 foizga. Keyingi o‘rinlarni Surxondaryo (20,7 foiz), Samarqand (20,5 foiz) va Xorazm (20,4 foiz) viloyatlari egallagan.

Avvalroq O‘zbekistonda birinchi chorakda o‘rtacha oylik 4 mln so‘mdan oshgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »