Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Financial Times isroillik tahlilchi Gideon Rahman Xitoy Ukrainadagi urushni tugatishda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkinligini aytdi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Foto: Sputnik 

Rahmonning maqolasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasidagi deyarli bir soat davom etgan telefon suhbatiga to‘g‘ri keldi. Ushbu suhbatda Xitoy Ukrainaga Yevrosiyo ishlari bo‘yicha o‘zining maxsus vakilini yuborishi ma’lum bo‘lgan.

Maxsus vakil mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha chuqur aloqa o‘rnatish uchun boshqa davlatlarga ham tashrif buyuradi. Xitoy Ukraina bilan ikki tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirishga tayyorligini bildirgan.

Isroillik tahlilchining fikricha, Ukraina qurolli kuchlarining bo‘lajak qarshi hujumining eng ehtimolli natijasi harbiy g‘alaba emas, balki Rossiya bilan bo‘lajak muzokaralarda pozitsiyalarning yaxshilanishi bo‘ladi.

Ushbu muzokaralar oldidan “turli sabablarga ko‘ra Ukraina, Rossiya, AQSH, Yevropa va Xitoyning o‘zi potensial ravishda Pekinning vositachiligidan manfaatdor”.

Jurnalistning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar Pekinning vositachilik sa’y-harakatlariga to‘sqinlik qilmaslikka qaror qilgan va XXR yetakchisining Rossiyaga nisbatan “o‘ziga xos ta’sir kuchi” borligini va G‘arbning Kiyevga yordam yetkazib berish bo‘yicha konsensusi barbod bo‘lishi mumkinligini tushunib, ularga turtki bermoqchi.

“Faqat Si Putinga omma oldida iliq qo‘l siqish va yolg‘iz qolganda qo‘lni qayirishni taklif qilishi mumkin. Qaysidir nuqtada Xitoy rahbari aynan shu narsa o‘z mamlakati manfaatlariga mos keladi, deb qaror qilishi mumkin”, — deb yozadi Rahmon.

FT jurnalistining fikricha, Ukrainadagi urushning cho‘zilishi dunyo davlatlarining Rossiyaga qarshi ittifoqqa birlashishiga olib keladi, bu ittifoq Xitoyga qarshi ham yo‘naltirilishi mumkin. Vaziyatni hal qilishda muhim rol Xitoyga Yevropa davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilashga imkon beradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »