Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Germaniya tomonidan taqdim etilgan qurollardan Rossiya hududini o‘qqa tutishda foydalanmasligi kerak. Bu haqda mamlakat kansleri Olaf Shols ma’lum qildi, deb xabar beradi Deutsche Welle.

Foto: NurPhoto

Reuters agentligi ma’lumotlarida keltirilishicha, u Bendorf aholisi bilan muloqoti davomida Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgan G‘arbning boshqa davlatlari ham bu kabi talablarni bildirayotganini aytgan. Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga zaruriy yordam ko‘rsatilishi kerak, biroq shu bilan birga, Rossiya va NATO o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan urushning oldini olish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilishi lozim.

Kansler Germaniya Ukrainaga o‘ziyurar Gepard artilleriya qurollarini avgust oyida yetkazib berishi mumkinligini qayd etgan. Hozirda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda, ammo bu qanchadir vaqt talab qiladi.

Mart boshlarida Polsha va Germaniya siyosatchilari o‘rtasida Ukrainaga qurol yetkazib berish borasida kelishmovchilik yuzaga kelgandi. Berlin rasmiylariga ko‘ra, tank va qurol-yarog‘lar bo‘yicha kelishmovchilikdan tashqari, ikki tomonlama hamkorlik silliq kechmoqda. Polsha rahbarlari jangovar tanklarni frontga jo‘natishni kechiktirishda ayblab, Berlinga “hujum qilish” imkoniyatini qo‘ldan boy bermayotgani keltiriladi. Xususan, Polsha rahbari Anjey Duda eski Leopard tanklari uchun ehtiyot qismlar yetkazib berishdagi muammolar sababli Germaniyani tanqid qilgan.

Shuningdek, Olaf Shols Germaniya kansleri Ukraina mojarosi uzoq davom etishidan ogohlantirgan edi. AQSH prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Shols Vashingtondagi muzokarada Rossiyani Ukrainadagi voqealar uchun yetarlicha javobgarlikka tortish niyatini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »