Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan shahrida qariyb to‘rt ming soxta dollarni ming dollarga sotayotgan erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi

Unga ko‘ra, Namangan shahri hududida noqonuniy ravishda qalbaki valyuta oldi-sotdisiga chek qo‘yish maqsadida hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Davlatobod tumanida yashovchi shaxs tadbir ishtirokchilariga 1000 dollar evaziga qalbaki bo‘lgan 3900 dollarni sotayotgan vaqtda xodimlar tomonidan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval, 25-aprelda ham Namangan viloyati Davlatobod tumanida qalbaki xorij valyutasining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yilgan edi. 25-aprel kuni viloyat IIB JQB, shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Davlatobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli uy oldida shu tumanda yashovchi 43 yoshli fuqaro 39 dona qalbaki 100 AQSH dollarini 1000 dollarga almashtirayotgan vaqtida ushlangan.

Qalbaki pullar muomalasi

Aprel boshlarida Toshkent shahri Yangihayot tumanida xaridor qalbaki pulga iPhone sotib olgani, Toshkent viloyati Angren shahrida qalbaki pullar muomalaga kiritilishining oldi olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

2022-yil noyabrida Namangan viloyatida qalbaki 8 300 dollarni muomalaga kiritishga uringan shaxs ushlangan edi. Dekabrda esa Namanganda MIB idorasida qalbaki 10 000 dollar yoqib yuborilgan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »